Dadaxon Nuriy. Osmon ustuni (roman)

Dadaxon Nuriy. Osmon ustuni. Roman. Odil Yoqubov tahriri ostida. Toshkent, «Yosh gvardiya», 1979.

Dadaxon Nuriy «Oqshom qo‘shiqlari», «Bog‘larda bahor», «Begona» kabi qissalar kitobi hamda qator hikoyalar muallifi. U hayotning murakkabliklarini odamlarning o‘zaro munosabatlari, turmush mojarolari orqali ochishga intiladi.
Yosh yozuvchi o‘zining yangi yirik asari «Osmon ustuni»da oqko‘ngil, bo‘sh-bayov yigitning tasodifan tuban bir muhitga tushib qolgani orqali ikki xil hayotiy munosabat to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Yaxshilik hamisha barqarorligini uqdiradi.