O‘z asarlarida sotqin, past, laganbardor amaldorlarning afti angorini ochib tashlagani uchun ishdan haydalgan Zunnun Ayyub darbadar hayot kechirib, butun mamlakatni kezib chiqdi. Dehqonlar hayoti bilan tanishib, ularning dard-alamlariga sherik bo‘ldi. Dehqonlarning yer uchun, suv uchun, erk-ozodlik uchun olib borayotgan kurashlarining shohidi bo‘ldi.
Zunnun Ayyub «Majid Rahim qissasi» povestida tashna qalbli iroq dehqonlarining orzu-umidlarini, o‘y-fikrlarini, mustaqillik uchun kurashlarini mohirona yoritib beradi.