Rasul Hamzatov. Bir xonadon farzandlari

Rasul Hamzatov. Bir xonadon farzandlari: She’rlar. Sakkizliklar. To‘rtliklar. Bitiklar. Tog‘ elegiyalari. Dostondan parchalar / Redkol.: S. O. Azimov va boshq.; To‘plovchi va so‘zboshi muallifi: N. Shukurov. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari she’riyati.)

Dog‘iston xalq shoiri, Lenin mukofoti laureati Rasul Hamzatovning nomi butun dunyo kishilari qatori o‘zbek kitobxonlariga ham yaxshi tanish. Uning kitoblari o‘zbek tilida ilgari ham nashr etilgan.
Mazkur to‘plamga shoirning turli yillarda yozgan she’rlari, jumladan, «Tog‘ qo‘shig‘i», «Sakkizliklari», «To‘rtliklari», «Bitiklari», «Elegiyalari» saralab kiritildi. Shuningdek to‘plamdan shoirning «Tug‘ilgan yilim» dostonidan parchalar ham o‘rin olgan.