O‘zbekiston xalq yozuvchisi, deyarli yarim asrdan beri har bir o‘zbekning qalbiga bolalik paytidanoq o‘z ijodi bilan kirib kelgan mashhur shoir, ajoyib dramagurg Po‘lat Mo‘min bu yil tabarruk 70 yoshga to‘lyapti. Qaysi yosh avlod uning jajjilarga atalgan asarlarini, qaysi yigit-qiz uning ishqiy qo‘shiqlarini, qaysi barkamol inson uning falsafiy she’rlarini o‘z ko‘ngliga jo etmagan deysiz.
Po‘lat Mo‘min Sharq mumtoz adabiyoti an’analari asosida o‘z ijodining yangi qirrasini namoyon etib, ushbu fardlar kitobini yaratdi. Qator yillarda yozilgan, chuqur mushohada, donishmandlik bilan sug‘orilgan na diniy ilmi urfon ta’siri samarasi o‘laroq tug‘ilgan fardlar jamlangan mazkur yangi to‘plamni “Kamalak” nashriyot-matbaa birlashmasi “Farangis” tashkiloti bilan hamkorlikda havola etdi.