Muhammadjon Hakimov. Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi

Muhammadjon Hakimov. Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi. — Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1983

Ushbu katalog O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti fondidagi Alisher Navoiy qalamiga mansub 24 asarning 254 qo‘lyozma nusxasi tavsifini o‘z ichiga oladi. Tavsif manbashunoslik va kitobshunoslik xarakterida tuzildi. Ayrim qadimiy va noyob nusxalarga monografik tavsif berildi.
Kitob o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha manbashunos-tekstologlar, aspirantlar, shuningdek oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarining o‘qituvchi va studentlariga mo‘ljallangan.