Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 4-jild: Dramalar (1921-1928). Maqolalar

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 4-jild: Dramalar (1921-1928). Maqolalar / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Eshonxo‘jayev Sh. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1989

«To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu jildida Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1921—1928 yillar orasida yozgan dramatik asarlari hamda Oktyabrdan oldingi va keyingi davrlarga oid publitsistik maqolalari kitobxonlar e’tiboriga havola etilmoqda. Mazkur asarlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fondlarida saqlanayotgan mo‘tabar manbalar asosida nashrga tayyorlandi.
«To‘la asarlar to‘plami» o‘zbek sovet adabiyoti masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, shuningdek keng filologlar ommasiga mo‘ljallangan.

Nashrga tayyorlovchilar:
Sharafiddin Eshonxujayev, Dilbar Rahmatova, Nazira G‘anixo‘jayeva

Mas’ul muharrir:
Naim Karimov