Chinovnikning o‘limi. Ko‘r muzikachi (1988)

Chexov A.P., Korolenko V.G. Chinovnikning o‘limi: Hikoyalar. A.P.Chexov. Ko‘r muzikachi: Qissalar. V.G.Korolenko. Redkoll.: Hakim Nazir va boshq.; So‘zboshi muallifi A. Umarov. — T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. —288 b. (Jahon bolalar adabiyoti kutubxonasi)

Ushbu to‘plamga ikki mashhur rus yozuvchisining eng sara asarlari saylab kiritilgan. Ular o‘zining badiiy jozibasi bilan o‘quvchilarimiz uchun hamisha e’tiborlidir.

Chexov va Korolenkoning dunyoqarashlaridagi mushtarak xususiyatlar — xalqparvarlik, chuqur gumanizm faqat ijodlarida yaqin motivlar, g‘oyaviy hamohanglik tug‘diribgina qolmasdan, o‘zaro samimiy mehr-muhabbat va hurmat ham uyg‘otgan edi.

Chexov Korolenko ijodini yuksak baholagan va bu fikriga hamisha sodiq edi. Arap u 1887 yili o‘z kitobining Fanlar Akademiyasi ta’sis etgan A. S. Pushkin nomidagi mukofotga tavsiya qilinganini eshitib, «Mukofot Korolenko bilan mening o‘rtamizda bo‘lingan taqdirdagina uni olishim mumkin» degan va pirovardida Korolenko o‘z kitobini bu mukofotga qo‘ymagach, butun mukofotning yarmini olgan bo‘lsa, 1899 yil 9 martda L. A. Avilovaga yo‘llagan maktubida: «Korolenko — ajoyib yozuvchi. Uni sevishadi, bu bekorga emas. Barcha fazilatlaridan tashqari unda yana hushyorlik va poklik bor», deb yozadi.

MUNDARIJA

Abdusalom Umarov. Haqiqat jarchilari

Anton Chexov. Hikoyalar
Chinovnikning o‘limi
Semiz va oriq
Xirurgiya
Yovuz niyatli kishi
Unter Prishibeev
Vanka
Kashtanka
Oltinchi palata
G‘ilof bandasi
Laycha ergashtirgan xonim
Grisha

Vladimir Korolenko. Qissalar
Ko‘r muzikachi
Xo‘rlangan bolalar