Abdurauf Fitrat badiiy ijod va ilmning juda ko‘p sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Sizga havola qilinayotgan 4-jilddan uning «Adabiyot qoidalari», «Eng eski turk adabiyoti namunalari» kabi adabiyotshunoslikka, «Tilimiz», «Sarf», «Nahv» singari tilshunoslikka oid hamda ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi «Oila» asari o‘rin olgan.
Kitob fitratshunos tadqiqotchilar va merosimiz bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi:
filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev.
Mas’ul muharrir:
filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov.