Abdurahim O‘tkir (1923-1995)

Abdurahim O‘tkir ئابدۇرېھىم ئۆتكۈر) 1923) yili Shinjonning Qumul shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi Abdurahim O‘tkirning “Umr manzillari”, “Uyg‘ongan zamin” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning “Qashqar kechasi” nomli dostoni Xitoyda o‘tkazilgan kam sonli millatlar adabiy tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Abdurahim O‘tkir 1995 yili Urumchida davomi…

Abduxoliq Uyg‘ur (1901-1933)

Abduxoliq Uyg‘ur 1901 yili Shinjonning Turfon shahrida tug‘ilgan. U ma’rifatparvar savdogar oilasida tug‘ilganligi uchun maktab yoshigacha uyida savodini chiqargan. Dastlab diniy maktabda ta’lim olgan Abduxoliq arab, fors tillarini o‘rganib, sharq va uyg‘ur mumtoz adabiyoti bilan tanishgan. Abduxoliq Uyg‘ur (ئابدۇخالىق ئۇيغۇر) davomi…

Aziziy (1962)

Taniqli uyg‘ur shoiri, adibi va tarjimon Aziziy 1962 yili Xo‘tan viloyati, Chiryo tumanining Mozorko‘l kentida tavallud topgan. 1985 yili Shinjong universitetining adabiyot kulliyotini tamomlagan. Uning ijodiy ishlari o‘rta maktab o‘quvchiligi davridayoq boshlangan. Hozirgacha mingdan ziyod nazmlari, 50 dan ortiq badialari, davomi…

Muhammad Siddiq Navro‘zov

Yangi uyg‘ur adabiyotining dastlabki namoyandalaridan biri Muhammad Siddiq Navro‘zov XX asrning o‘ttizinchi yillari oxirlarida ijod etib, uyg‘ur adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan adib. Sharqiy Turkiston o‘lkasining ko‘zga ko‘ringan madaniyat arboblaridan biri bo‘lgan Muhammad Siddiq Navro‘zov bir necha yillar davomida Uyg‘uriston yozuvchilar davomi…

Gumnom (XVIII asr)

* * * Qoshing ko‘rgach, nechuk aylanmayinkim qiblagohimdur, Ayog‘ingga nechuk bosh urmayinkim sajdagohimdur. Labing istab nedan jon bermayin obi hayot andin, Yuzing ko‘rgach, nechuk ko‘z ochmayin barqi mohimdur. Chekib uchqinlar urg‘on oh bila boshimg‘a chirmashqon, Gadolig‘ shahliqig‘a boshima zardan kulohimdur. davomi…

Mahzun (XVIII asr)

* * * Gul yaqo chok ayladi, ruxsori olingni ko‘rib, Sarvi ar-ar titradi nozuk niholingni ko‘rib. Yangi oy qon yig‘ladi, ermas shafaq charx uzrakim, Qomatin xam aylabon, mushkin hilolingni ko‘rib. Sayr etib ko‘nglum qushi bog‘landi zulfung domig‘a, Dona yanglig‘kim, labing davomi…


Maqolalar mundarijasi