Xonlar Hamid (1954)

Xonlar Hamid (Xanlar Həmid) 1954 yil Ozarbayjonning Lerik rayonining Chayrud qishlog‘ida tug‘ilgan. Pedagogika oliygohini tugatib, maktabda filolog, maktab direktori, davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan. Birinchi kitobi 1990 yil chop etilgan.
Qator kitoblari chop etilan. “Avesto” kitobini ozar tiliga o‘girgan.

G‘AZAL

Gulim, ishqing dodidan, dodima bir dod keldi,
Yaqinlar orasida a’lo bilki, yod keldi.

Tuzini a’lo sepding, lazzatga keldi ko‘nglim,
Islaridan mast bo‘ldim, tomirimga o‘t keldi.

Hislarim nukta-nuqta san o‘tding ishq darsini,
Esimda kim bor edi, eslasak bir ot keldi.

A’lo xush ki yelishing, kelishingga marhabo,
Ruhimni xush ayladi, kutganimda shod keldi.

Sochingdan parvoz etdi, siynamga humo qushi,
Man ishqingning nash’asin ko‘p o‘yladim dod keldi.

Yulduzni kechalarda, yog‘ishi hayron-hayron,
Hasratning ta’nasidan jonimga har zot keldi.

Xonlarga, savdong ila ” qof”u “nun” dan kecharsan,
Qo‘rq ki “alif” qaddini egmoqqa bir “zot” keldi.

* * *

Nedandir bu olam ey jon, orifi maydon degay,
Ayla bil jonimiz ayru, joningdan bu jon emas.

Ro‘zimi ko‘zimdan berding, ishimni oson etding,
Korimga chevarim kelur, u bergani non emas.

Qanchalik hukmingda bo‘lsam, manga xushdir u qadar,
Bilki, ishqingning zanjiri qo‘llarimda qon emas.

O‘zining har nuqtasida adabning shafoati,
Bog‘idan bir meva termak shoirga nuqson emas.

Ey xoliqim, san pardada, ayvoningda manzurman,
Vujudimda nuring axir, tomirimda qon emas.

Quyosh soqi kabi hozir, bu jahon bir mayxona,
Bu boshni ishqda bo‘ron mayi sandan yon emas.

Yuragimda malak o‘rdusi hisobimning kayfida,
Dunyo xorlik dunyosidir, u Xonlarga shon emas.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi