So‘lmas Shirvonli (1955)

So‘lmas Shirvonli (Solmaz Şirvanlı) – Odilova So‘lmas Og‘axon qizi (Solmaz Ağaxan qızı Ədilova) 1955 yil 1 fevral kuni Ozarbayjonning Shamaxi rayonida tug‘ilgan. 1977 yildan she’rlar yoza boshlagan. Turli almanaxlarda, vaqtli matbuotda asarlari bilan faol qatnashgan. Asarlari chet tillariga tarjima qilingan. “Qizil qalam” mukofoti sohibasi.
Ozarbayjon yozuvchilar, jurnalistlar uyushmalari a’zosi.

* * *

Bu kun sen ham sevin ko‘nglim,
Bayramingdir, bahoringdir.
Ko‘zingni och, tabassum qil,
Ketgan g‘aming, g‘uboringdir!

Kel, ey, ko‘ngil g‘am chekmasin,
Tashna qalbga chin malhamsan.
Sof orzusan, bir tilaksan,
She’rim sening viqoringdir!

Bu el sening, Vatan sening,
Shahidlaring bir tan sening,
Qayda qoldi butang sening,
So‘lmas bu el gulzoridir!

AXTARAMAN

O‘tibdi davronlar, o‘tibdi davron,
Yolg‘on ozodlikda, haqiqat asir.
Haqiqat qo‘llari bo‘lib zanjirband,
Haqsizlik qo‘llari sollanayotir.

Shaytonlar yuradi yerning yuzida,
Iymonsizliklarni solib to‘riga.
Ilinma bu to‘rga, tafakkurli bo‘l,
Lanat o‘qilmasin bir kun go‘ringga.

Tilda duo bo‘lsin, quloqda azon,
Isyon qilaverma, shukr ayla, inson.
Tavba qil, gunohla o‘ynama hech vaqt,
Nurli, barakotli, bo‘la olasan.

Zamin siynasiga chizib ohlarni,
To‘kkanda ketarmi, inson gunohi?
Dinini, xudoni unutganlarni,
Qorong‘ulik bo‘lar vallah sabohi.

Er yuzida bo‘lgan bu to‘fonlarga,
Samoning to‘foni boqib tinganmish.
Aqiqmi, dur sasli u chaqmoqlarda,
Erdagi chaqmoqning sasi sang‘irmish.

Boqaman samoga-oydin tortaman,
Majburman yozmoqqa haqning so‘zini.
Topmadim bunday ham a’lo mo‘jiza,
Axtarsam ham yerda samo yuzini.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi