Muhammad Sulaymon Fuzuliy (Məhəmməd Füzuli) (1498 Karbalo sh., Iroq – 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayot kabilasidan bo‘lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag‘dodga ko‘chib borgan. Bag‘dod madrasalarida tahsil olib, o‘zi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil 1 Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon 1 Qonuniy shoirni moddiy jihatdan bir oz ta’minlab turganlar. Lekin uning turmushi ko‘p vaqt qiyinchilikda va kambag‘alchilikda o‘tgan. Iroqning Bag‘dod, Hilla, Najaf kabi shaharlarida bir qancha muddat yashagan Fuzuliy ona shahri Karbaloga qaytib, shu yerda vabo kasalidan vafot etgan.
Fuzuliy boy adabiy an’anaga ega bo‘lgan forsiy va turkiy adabiyotning Xoqoniy Shirvoniy, Mujrim Baylagani, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy Sheroziy, Salmon Sovajiy, Hofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy ijodini mehr bilan o‘qib-o‘rganib, ularning mahorat sirlaridan bahramand bo‘lgan. Shoir ijodiga, ayniqsa, Lutfiy bilan Navoiy kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Fuzuliy devon tuzib, uni «Muhabbatnoma», «Farzandi dilband» deb ta’riflagan. Shoir ishqiy lirikasida insonning ma’naviy olami, jo‘shqin his-tuyg‘ular tug‘yoni, olijanoblik bilan jaholat, ochko‘zlik o‘rtasidagi kurash, insonga samimiy, yuksak muhabbat bilan bog‘liq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. Fuzuliy poetik merosining asosiy qismini g‘azal va qasidalar tashkil etadi. Lutfiyning (16-asr) yozishicha, g‘azaliyotda Fuzuliyning «Navoiyga o‘xshash g‘aroyib bir yoqimli yo‘li va ajoyib bir uslubi bor» bo‘lgan. She’rlarida lirik qahramonoshiqning ruhiy kechinmalarini, qalb sirlarini butun ichki qaramaqarshiliklari bilan mumkin qadar teran tasvirlashga erishgan. Bunda oshiq o‘z mahbubi yo‘lida har qanday azobuqubatlarni yenguvchi, komil inson sifatida namoyon bo‘ladi.
Fuzuliy ijodining cho‘qqisi «Layli va Majnun» dostoni (1536—37)dir. Asar lirik-epik xarakterda bo‘lib, Sharqda mashhur bo‘lgan an’anaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. Sa’diyning «Guliston» va «Bo‘ston», Hofizning «Devon», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Chor devon» kitoblari qatorida, Fuzuliy asarlari ham madrasalarning o‘quv dasturiga kiritilgan. Fuzuliyning «Matla’ ul-e’tiqod» falsafiy risolasi, «Hadiqat us-suado», («Baxtiyorlar bog‘i»), «Suhbat ul-asmor» («Mevalar munozarasi»), «Shikoyatnoma», «Bangu boda» («Bang va boda»), «Anisul-qalb», («Qalb do‘sti») «Etti jom» yoki «Soqiynoma», «Rindu Zohid», «Sihhat va Maraz» («Sog‘lik va bemorlik») kabi nazmiy-nasriy, falsafiy-didaktik asarlari ozarbayjon adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Badiiy yuksak asarlari bilan ozarbayjon adabiyotini yangi bosqichga ko‘targan Fuzuliy she’rlarining asosiy mavzusi ham, harakatlantiruvchi kuchi ham, bu she’rlarni ichdan nurlantirib turgan quvvat manbai ham ishq. Mutasavvif shoir sifatida ilohiy muhabbatni ulug‘lagan, dunyoga berilishni qoralagan. Insonni kamolotga olib boradigan fazilatlarni tarannum etib, uni tubanlashtiradigan illatlarni tanqid qilgan.
Fuzuliy o‘zidan keyingi barcha turkiyzabon shoirlar, jumladan, o‘zbek shoirlariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Fuzuliy ta’sirida, unga ergashib she’rlar bitish, shoir g‘azallariga nazira-tatabbu’lar yozish, muxammaslar bog‘lash deyarli barcha shoirlar ijodida uchraydi. Fuzuliyning ozarbayjoncha devoni o‘zbek xalqi orasida 18—19-asrlardayoq keng tarqalgan va bir necha bor o‘zbek tilida nashr qilingan. G‘azal, murabba’ va muxammaslari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylanib kelmokda («Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r…» va b.). Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 yil «Layli va Majnun» dostoni asosida birinchi ozarbayjon operasini yaratgan. 1958—61 yillarda Hamid Arasli tahririda Fuzuliy asarlarining to‘la ilmiy-tanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581 yil ko‘chirilgan nusxalaridan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.
* * *
Korgar dushmaz xadangi ta’nai dushman mango.
Kasrati paykoning etmishdur damirdan tan mango.
Ey, manam sangi malomatdankim, olib chevrami,
O‘ldi zanjiri junun bir qal’ayi ohan mango.
Andanam rasvoki, selobi sirishkim chok edar,
Zaxmi tig‘ing koni kiydirdikcha pirohan mango.
Dam-badam sham’i jamolingdan munavvar o‘lmasa,
Ey ko‘zim nuri, kerakmaz diydai ravshan mango.
Hech maskanda qarorim yo‘qdurur ul zavqdan –
Kim, qachon xoki sari ko‘ying o‘la maskan mango.
Boshda bir sarvi sumanbar vaslining savdosi vor,
Sud qilmaz bog‘bon nazzorai gulshan mango.
Ey Fuzuliy, o‘dlara yonsun bisoti saltanat!
Yakdur undan, Haq bilur go‘shai gulxan mango.
* * *
Manimtak hech kim zoru parishon o‘lmasin, Yo Rabb,
Asiri dardi ishqu dog‘i hijron o‘lmasin, Yo Rabb!
Damodam javrlardur chekdigim berahm butlardan,
Bu kofirlar asiri musulmon o‘lmasin, Yo Rabb!
Chixormoq etsalar tandan chekib paykonin ul sarving
Chixon o‘lsun dili majruh, paykon o‘lmasun, Yo Rabb!
Jafoyu javr ila mo‘todam, onlarsiz n-o‘lur holim?
Jafosina hadu javrina poyon o‘lmasin, Yo Rabb!
Demankim, adli yo‘q yo zulmicho‘x har xol ila o‘lsa,
Ko‘ngil taxtina andan g‘ayri sulton o‘lmasin, Yo Rabb!
Fuzuliy bo‘ldi ganji ofiyat mayxona kunjida,
Muborak mulkdur ul mulk, vayron o‘lmasin, Yo Rabb!
* * *
Jon chiqar tandan ko‘ngil zirki labi yor aylagach,
Tan bo‘lur jon yangladan ul lafzi takror aylagach.
Qilma, ey afg‘on, ko‘zin bedor, masti xob ekan,
O‘lmaya bir fitna paydo o‘la, bedor aylagach.
Suhbatimdan or edib, ey gul, mani tark etmakim,
Gul o‘lur afsurda tarki suhbati xor aylagach.
Vorimi fikri dahoning-la yo‘q etdimkim, qazo,
Bo‘yla amir etmish manga yo‘qdan mani vor aylagach.
Arzi ruhsor et bukun, ey mah, kim o‘lsun ko‘kda kun,
O‘ylakim anjum o‘lur, kun arzi ruhsor aylagach.
Har zabon bir tig‘dur, go‘yo Zulayho qatlina,
Yusufi olmoqda aqli ishq bozor aylagach.
Nolai zorim, Fuzuliy, xush kelur ul gulruha,
Ochilur gul ko‘ngli bulbul nolai zor aylagach.
* * *
Lablaringtak la’lu lafzingtak duri shahvor yo‘x,
La’lu gavhar cho‘k, labingtak la’li gavharbor yo‘x.
Sandan etmam dod: “Javring vor, lutfing yo‘x” deyub,
Masti zavqi shavqingam, birdur yonimda vor yo‘x.
Kima izhor aylayim bilmam bu pinhon dardimi,
Vor yuz ming dardi pinhon, qudrati izhor yo‘x.
Xalqi madhush aylamish xobi shabi tuli amal,
Subh taqiqi alomotina bir bedor yo‘x.
Surati zebo sanamlar yo‘q deman butxonada,
Vor cho‘q, ammo sanga bengzar buti xunxor yo‘x.
Ey Fuzuliy, sahldur har g‘amki, g‘amxori o‘la,
G‘am budurkim, manda ming g‘am vor, bir g‘amxor yo‘x.
* * *
Qabrim toshinakim, g‘am o‘dindan zabonadur,
Ta’n o‘qin otmakim, xatari cho‘q nishonadur.
Aylar qadah zamona g‘amin daf’ g‘olibo,
Davri qadah muxolifi davri zamonadur.
Qoldirdi ashk dun mani ul ostonadan –
Kim, maqsadim manim daxi ul ostonadur.
Voiz so‘zina tutma quloq, g‘ofil o‘lmakim,
G‘aflat yuqusining sababi ul fasonadur.
Nazr etmisham firoqingakim, yo‘q nihoyati,
Naqdi sirishkimiki, tuganmaz xazonadur.
Jon vermayimmi g‘urbata kim biymi ta’nadan,
Yodi vatan fig‘onima sansiz bahonadur.
Ey dil, xazar qil, otashi ohing-la yonmasin
Jismimki, dard qushlarina oshyonadur.
Mandan, Fuzuliy, istama ash’ori madhu zamm,
Man oshiqam, hamisha so‘zim oshiqonadur.
* * *
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli zavq shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
Labing sirrin kelib guftora mandan o‘zgadan so‘rma,
Bu pinxon nuqtani bir voqifi asror o‘landan so‘r.
Ko‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o‘landan so‘r.
Xabarsiz o‘lma fatton ko‘zlaring javrin chekanlardan
Xabarsiz mastl ar bedodini hushyor o‘landan so‘r.
Hamingdan sham’tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron manim-la yor o‘landan so‘r.
Xarobi jomi ishqam, narigisi masting bilur holim
Xarobat ahlining ahvolini xummor o‘landan so‘r.
Muhabbat lazzatindan bexabardur zohidi g‘ofil,
Fuzuliy, ishq zavqin zavqi ishqi vor o‘landan so‘r.
* * *
Azal kotiblari ushshoq baxtin qora yozmishlar,
Bu mazmun ila xatt ul safhai ruxsora yozmishlar.
Havosi xoki poying sharhini tahqiq edub mardum.
G‘ubori-la bayozi diydai xunbora yozmishlar.
Gulistoni sari qo‘ying kitobin bob-bob, ey gul,
Xati rayhon ila jadval chekib, gulzora yozmishlar.
Ikki satr aylayub ul iki maygun la’llar vasfin,
Ko‘ranlar har birin bir chashmi gavhar bora yozmishlar.
Kirib butxonaya qilsang takallum jon bo‘lur shaksiz,
Musavvirlar na suratkim daru devora yozmishlar.
Muharrirlar yozandai har kima olamda bir ro‘zi,
Manga har kun dili sadporadan bir pora yozmishlar.
Yozanda Vomiqu Farhodu Majnun vasfin ahli dard
Fuzuliy odini, ko‘rdim, sari tummora yozmishlar.
* * *
Ey firoqi labi jonon, jigarim xun etding,
Chehrai zardimi xunob yala gulgun etding.
Jigarim qonini ko‘z yoshina to‘kding, ey dil,
Vora-vora ani qulzum, buni Jayhun etding.
Necha husn ila sani Layliya nisbat qilayim,
Bilmayub qadrimi, tarki mani Majnun etding.
Ahd qildimki, jafo kesmayasan oshiqdan,
Oshiqi va’dayi ehson ila mamnun etding.
Jur’a-jur’a may ichib, zebi jamol orttirding,
Zarra-zarra ko‘ziming nurini afzun etding.
Ey Fuzuliy, oqidib seli sirishk og‘layali,
Ishq ahlina fig‘on etmagi qonun etding.
* * *
Panbai dog‘i junun ichra nihondur badanim,
Diri o‘ldiqcha libosim budur, o‘lsam kafanim.
Joni jonon dilamish, vermamak o‘lmaz, ey dil!
Na nizo’ aylayalim, ul na saningdur, na manim.
Tosh dilar ohim o‘qi shahdi labing shavqindan,
N-o‘la zanbur evina bengzasa baytul-xazanim.
Tavqi zanjiri junun doirai davlatdur,
Na ravoqim, mani andan chiqara za’f tanim.
Ishq sargashtasiyam, seli sirishk ichra yerim
Bir xubobamki, havodan do‘ludur pirahanim.
Bulbuli g‘amzadayam, bog‘u bahorim sansan,
Dahanu qaddu ruhing g‘unchayu sarvu sumanim.
Edaman tark, Fuzuliy, sari ko‘yin yoring
Vatanimdur, vatanimdir, vatanimdur, vatanim.
* * *
Aql yor o‘lsaydi, tarki ishqi yor etmazmidim?
Ixtiyor o‘lsaydi, rohat ixtiyor etmazmidim?
Lahza-lahza surating ko‘rsaydim, ul shirin labing,
San kibi ey Besutun, man ham qaror etmazmidim?
Nesha mahram aylading sham’i, mani mahrum edib,
Man saning bazmingda jon naqdin nisor etmazmidim?
Dardimi olamda pinhon tutdig‘im nochordur,
O‘g‘rosaydim, bir tabiba oshkor etmazmidim?
Yor ila ag‘yori hamdan ko‘rmaga o‘lsaydi sabr,
Tarki g‘urbat aylayub, azmi diyor etmazmidim?
Voizing bazmin manim rasvolig‘imdan qil qiyos,
Anda sidq o‘lsaydi, man taqvo shior etmazmidim?
Ul guli xandoni ko‘rmak mumkin o‘lsaydi manga
Santak, ey bulbul, gulistona gulzor etmazmidim?
Ey Fuzuliy, dog‘i hijron ila yonmish ko‘nglimi,
Lolazor ochsaydi, sayri lolazor etmazmidim?
* * *
Ko‘r, sirishkim shabi hijron, demakim, qondur bu,
Zarra-zarra sharari otashi hijrondur bu.
Sonmangiz qonli dugun, siyna dilib, bosh chekmish,
Sho‘lai otashi ohi dili so‘zondur bu.
Kesma ummid, ko‘ngil, boshina chirkinmakdan
O‘la nogah, dusha fusat ala, davrondur bu.
Dam-badam jonimi, ey dardu balo injitmang!
Lutf eding bir-ikki damkim, siza mehmondur bu.
Na yoqursan o‘qin, ey otashi dil, vasl kuni
Biza hijron kechasi sham’i shabistondur bu.
Ko‘ngil istar ola bir bo‘ sari zulfingdan, lek
Vermadan jon, dilar olmoq, sonur osondur bu.
Dun demishsanki: Fuzuliy manga qurbon o‘lsun!
Sanga qurbon o‘layim yana na ehsondur bu.
Agar chiqsaydi darding jismdan, derdimki, jondur bu,
Na hojat dardingi yakdur demak jondan, ayondur bu.
Damodam xo‘blar dardi-la ortar lazzati ishqing
Yomondur buki, taxqiq emadan derlar: Yomondur bu!
Xadangi soyasinda xush kechur avqotingi, ey dil –
Ki, gulzori hayoting ziynati sarvi ravondir bu.
Tutushdim otashi dildan, jigar qoni-la g‘arq o‘ldim,
Agarchi bir sharora o‘ddur ul, bir qatra qondur bu.
Jahona qadding ila kokillingdan fitnalar dushmish,
Qiymat ibtidosi, fitnai oxir zamondur bu.
Dedilar bexabarlar bog‘i jannat ko‘yingga bengzar,
Xabar verdi manga andan kelan odam – yolondur bu.
Fuzuliy, qildi faryodu fig‘onim tiyra gardunni
Hanuz ul moh so‘rmazkim – na faryodu fig‘ondur bu?!
* * *
Yana ul moh manim oldi qarorim bu kecha,
Chiqajakdur falaka nolai zorim bu kecha.
Sham’vash mahrami bazm ayladi ul moh mani,
Yonajakdur yana ishq o‘dina vorim bu kecha.
Ham visoli urur o‘d jonima, ham hijroni,
Bir ajab sham’i-la dushdi sari korim bu kecha.
Na tutundurki, chiqar charxa, dili zora, magar,
Hajr dog‘ini urur lolauzorim bu kecha.
Subha soldi bu kecha sham’ kibi qatlima hajr,
O‘lakim, subh galincha kela yorim bu kecha.
Pora-pora jigarim itlarina nazr o‘lsun,
Ul sari ko‘ya agar dushsa guzorim bu kecha.
Vor edi subh visolina, Fuzuliy, ummid,
Chiqmasa hasrati-la joni figorim bu kecha.
Mirzo Kenjabek tarjimalari
* * *
O‘ydan sarmastmanki, idrok etmasman dunyo nadir,
Man kimman, soqi bo‘lgan kimdir, mayi sahba nadir.
Garchi jonondan dili-savdo uchun kam istaram,
So‘rsa jonon, bilmasam komi-dili-shaydo nanadir.
Vasldan chun oshiqi mushtoqni aylar bir visol,
Oshiqqa ma’shuqdan hardami bu istig‘no nadir?
Hikmati-dunyayi mafina bilan arif degil,
Orif o‘ldir, bilmoqqa dunyaviy mafina nadir.
Aning faryodin, Fuzuliy, injitiblar olamni,
Gar baloyi ishq ila xushnud esang, g‘avg‘o nadir?
Hayrat, ey but, surating ko‘rsatib lol aylar mani,
Surati – holim ko‘rgan, surat hayol aylar mani.
* * *
Mehr bermazsan manga, rahm aylamaysan buncha kim,
Soyadek savdoyi- zulfing poyimol aylar mani.
Zafi- tole, manoi- tovfiq bo‘lur har qanday kim,
Iltifotin orzumandi – visol aylar mani.
Man gado, san shohga yor bo‘lmoq yo‘q, ammo naylayin,
Orazi sargashtai – fikri – mahal aylar mani.
Tiri g‘amzang, qonim to‘kar, otma kim, bag‘rim talar,
Uzun zulfing yechma kim, oshuftahol aylar mani.
Dahr vaqf etmish mani novrasta yoshlar ishqina,
Har yetgan mahvash asiri – xatti hol aylar mani.
Ey Fuzuliy, qilmasam tarki – tariqi ishq kim,
Bu fazilat doxili ahli kamol aylar mani.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi