Firuza Mammadli (1940)

Firuza Mammadli (Firuzə Məmmədli) 1940 yilda Xochmaz tumanining Janaxir qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, Quba shahar tibbiyot maktabida tahsil olgan (1963). Ozarbayjon Pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan (1964— 1968). So‘ngra Naxichevan avtonom respublikasining pedbilim yurtida ishladi. 1990 yildan beri Hozirgi zamon Ozarbayjon tili kafedrasining dotsenti hamda Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasida Hamkorlar Qo‘mitasining raisidir (1995). “Yusuf Vazir Chamanzaminlining tarixiy romanlarida til va uslub xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Adabiy faoliyatini 1963 yilda Xachmaz tumanining “Do‘stlik” gazetasida chiqqan kichik bir she’ri bilan boshlagan. 60 dan ortiq ilmiy, tanqidiy va publitsistik maqolalari ham e’lon qilingan. “Kumush tomchi” (1972), “Yo‘limga bahor tushdi” (1978), “Sening umring” (1982), “Etuklik” (1989), “Bir qarish bolalik” (1995), “Badiiy tilning estetik manbalari” (1997), “Meni menda bo‘lgan dunyo” (1999), “Saylangan asarlar” I jild (2002), “Saylangan asarlar” II jild (2002) nomli kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, Gorkiydan, Afrika naqllaridan va G.Kubliskidan tarjimalar qilgan.

HAR KEChA COAT UChDA

Har kecha soat uchda
Uyqum chekilar go‘yo.
Kechaning ko‘zlariga
Tushadi shaklim go‘yo.
Ochilar fikrlarning
Eshigi taraq-taraq,
Ko‘chib borib Orazga
Kezinaman tog‘ma-tog‘.
Shuncha cho‘qqimda turib
Lochinni shan* ko‘raman.
Ruhimni Kalbajardan
Sakrab yurgan ko‘raman.
Ko‘raman: Ko‘ycha — manim,
Burchali, Darband — manim,
Yog‘iydan xalos bo‘lgan
Ne-ne qishloq, kent — manim.
O‘z ilk holiga qaytgan
Butun Ozarbayjonim.
Ajdodimning maskani
Buyuk Ozarbayjonim.
Bu xayollar ichida
She’rlar yoza olaman,
Haqiqatga xayoldan
Xandaq qaza olaman.
Bu xandakda men hujum
Damin kutib yashayman,
Ali Bosh Qo‘mondonning
Amrin kutib yashayman.
________________
* Shan – sho‘x.

BESh METR

Kuraging toqqa suyandi,
Tiling uzandi besh metr.
Keragining yarmini yutdim,
Qo‘ling uzaydi besh metr.
Siqdim kundalik imkonimni,
Yo‘lim uzandi besh metr.
So‘zimni havoda qoldirdim,
Qo‘lim uzaydi besh metr.
Qoldim tomning pastrog‘ida,
Zilim* uzandi besh metr.
Umidimga qabr qazdim,
O‘lim uzandi besh metr.
________________
* Zilim — eshik qo‘ng‘irog‘i.

Miraziz A’zam tarjimasi

BAHOR

Kun – bulut asiri, har yeri tushkun,
Yog‘ar, gullarning chamani yog‘ur.
Kengliklar Yer yuzining ko‘kati, yalpiz.
Ko‘kdan yer yuziga samolar yog‘ur.

Hali yumiqlidir bahor qo‘llari,
Qarg‘alar kelmagan, etagida suv.
Navro‘z qo‘njlaridan bog‘ atri kelur,
Kelur, ko‘zlaringga bahor uyqusi.

Injular to‘kilar qor donasida,
Binafshaning labi quchar tuprog‘in.
Chekinar qish bobo har donasida,
Bilgilki, marvarid sochar tuproqqa.

Muzlaydi qorlarga aldangan chechak,
Bu sazoyi kunda nohaqlik emas.
Egniga qor kiyib, kulgan tabiat,
Aprel hazilidir, bahorning emas.

Go‘zal jilvalanur oshiqnino tabi,
qo‘li uzayarmi soz atayindan.
Ochur bog‘chasini go‘zal dala- tuz,
Binafsha to‘kilur yoz etagidan.

Siynasi gupurgan chamandan, cho‘ldan,
Chechak atri kelar, yoz atri kelar.

SAQLADIM

“Qishlog‘imiz” silsilasidan

Gumon meni makonimdan ayirdi,
Yana kelib oyog‘ingga to‘shandim.
Men bu yerda izlaganim topardim,
Nahot og‘rir g‘aribimey, ey kandim.

Uzoqligi qanot ochar ustimga,
Yaqinligi ko‘zlarimning ichidir.
Tanish – bilish , do‘st, musahib, qani bosh?
Yurtim meni samo – ko‘kka uchirar.

Kelishimga qaynamasmi, qani osh?
Mansiz o‘tar majlislari, to‘ylari.
Irmog‘iga ko‘z yoshlarim quyilib,
Birga ichmas choyni yana yoddoshim.

U tepalar mening uchun qurilib,
Besh qarichlik qabr yeri, bosh toshi?
Unutmadim, boshim toshga urilib,
Havolarin saqlaganim, quyoshim.
Havosini, nafasini qishloqni,
Jigarimning bir chetida saqladim.

YILLARIM

Birdam – bu joy nega tushmas yodingga,
Varaqlading, umring o‘tgan yillarni?!
Suyding, kechding, tanlab olding ne yaxshi,
Elliginchi, yetmishinchchi yillarni?!

Bu kechmishing yuragingda bo‘lmasa,
Elga kelgan keragingda bo‘lmasa,
To‘nlik bo‘lib, noningda bo‘lmasa,
Nega kezding o‘tmishingni yillarin?!

Nima borki, holpirading, elading,
Achchig‘ini shiriniga joylading.
Bola edim allalading, belading,
O‘tgan vaqti, o‘tmishingni o‘ylading.

So‘z kelishi deding buni, ranjima,
Havolanma savashiga, tinchingni.
Ot zamonning senga tushgan kunjina,
Kelishini, ketishini yillarni.

Karvon ketib, izi qolgan yo‘llarda,
Zamon otda tozi qolib yo‘llarda.
Qaytar yerda, ko‘zgu qolib yo‘llarda,
G‘ofillikka tushmog‘ini yillarning.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi