(XV asr, tarjimai holi noma’lum, koreys alifbosi muallifi)
* * *
O‘limingdan keyin nima bo‘lasan,
Deya mendan so‘rsang – aytarman, erkam:
Pinlay cho‘qqisida shovullab turgan
Qarag‘ay daraxti bo‘larman o‘lsam.
Butun dunyo qorga to‘lsa ham to‘zib,
Yam-yashil shovullab turarman o‘zim.
* * *
Shouyan tog‘iga termulib turib,
Shu va Boga ichdan qilurman havas;
Ular tog‘ tagida ochlikdan o‘ldi,
Ammo tog‘ maysasin yemadilar, bas:
Garchand maysa mayin, yashil bo‘lgandi –
Ularga to‘kilgan shudring yurtdan kelgandi…
Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi