Jo Rozenblatt (1933)

Jo Rozenblatt (Joe Rosenblatt) – Zamonaviy Kanada she’riyatidagi mashhur namoyandalardan biri. Uning she’rlari “Mushukka oid karton-qog‘ozlar”, “Lazzat bog‘i” kitoblarida chop etilgan. Shuningdek, u bolalarga atalgan kitoblarni, shoir do‘stlarining to‘plamlarini ham o‘zining suratlari bilan bezagan.

* * *

Idrokimning tashlandiq bog‘ida
o‘rgimchak to‘riga ko‘z yosh to‘kadi.
o‘tirar, ho‘ngraydi
yuzlab ochiqqan
binafsharang ko‘zlar

chayqalib havorangni taqsimlayapman,
mohir hijronparastlar bilan
yoqimsiz qo‘shiqlar kuylayapman men.
osmon qop-qora – biz esa iztiroblarni
yoyib qo‘ydik quritish uchun.

Go‘zal Begim tarjimasi