Sovuq hududdagi qaynoq harakatlar

Barcha davrlarda u yoki bu davlatning tashqi siyosati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Ammo dunyoni egallash yoki yangi-yangi yerlarni o‘z davlatlariga qo‘shib olish kabi maqsadlar turli davrlarda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini bugungi kunda ham ko‘rib turibmiz. Buyuk geografik kashfiyotlar paytida Kolumbning davomi…

Hamidjon Homidiy. Odamush-shuaro – Abu Abdulloh Rudakiy

Abu Abdulloh Ja’far binni Muhammad binni Abdurahmon Odam 858 yili Samarqand shahri yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni oila muhitida olgan Ja’far Samarqand madrasalarida zamonasidagi barcha bilimlarni puxta egallaydi, Qur’on hofizi darajasiga yetadi; xalq she’riyati, qo‘shiqlarini sevib kuylab davomi…

Koreya Respublikasi ta’lim tizimi

Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islootlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin.1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar davomi…

Zamburug‘lar

“Oyoqdagi qalpoqcha” – zamburug‘larning ustki tanasidir, asosiy qismi esa yerda joylashgan. Ular bakteriya va protist(mikroorganizm)lardan keyin yerda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, mikromitset (ko‘zga ko‘rinmas) va makromitset (ko‘rish mumkin bo‘lgan) guruhlarga bo‘linadi. Ko‘chada, o‘rmonda, cho‘lda va odam organizmida yashaydigan o‘simlikning bu davomi…

Betxoven: Turfa zarbalarga munosib javob

To‘lqinlari sabrsizlik bilan jo‘sh urayotgan Reyn daryosining sohillarida qad rostlagan kichkinagina Bonn shahri. Chekka hududlarda har qanday rang-barangliklarsiz o‘tgan oddiy bolalik. Lyudvig va uning ukalari onasidan ancha erta ayrildilar. Ota o‘g‘illari uchun me’yoridan ortiq darajada qattiqqo‘l, buning ustiga sharobga mukkasidan davomi…

Daholik

Daholar oramizda yashaydi, chunki aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo yon-atrof talablariga, an’analariga moslashish go‘dakdagi betakror sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi.

Hayotbahsh “sharbat”

Inson tanasida kechayu-kunduz oqib turuvchi qon chindan ham jon kabi aziz ne’matdir. Qadimdan uning o‘ziga xos sirli xususiyatlarini kishilar turlicha talqin qilganlar, jumladan, tiriklik belgisi deb, hayvon so‘yib, qon chiqarish, «qurbonlik qilish» yo‘li bilan esa har xil falokatlarning oldini olish davomi…

Ossuriya kabutari

Bag‘doddan 90 km. uzoqlikda ko‘hna Vavilonning qoldiqlari mangu qo‘nim topgan. Shahar degan maqomni allaqachon yo‘qotgan bo‘lsa-da, mazkur yodgorlik hali ham uning shonli tarixidan mujda berib turibdi. Uning asoschisi – moziy malikalaridan biri Semiramida hisoblanadi. Semiramida – tarixiy shaxs, ammo uning davomi…

2008 yil – xalqaro Yer sayyorasi yili

Insoniyat paydo bo‘libdiki, Ona Zaminda yashab, uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Kishilik jamiyatining ibtidosidan to bugunigacha Yer o‘z bag‘rida insonlarni asrab-avaylab, noz-ne’matlari bilan ta’minlab kelmoqda. Turli davrlar, tarixiy voqealarning yagona guvohi ham Yerdir. Chunki Zamin bashariyat onasi sanaladi.