Mansurxon Toirov. Qora tuya hikmati

Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim, Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo. Alisher NAVOIY. “Zihe husnung zuhuridin…”   Quti o‘chib shunda qo‘rquvdan, Barcha enur Tangrini tanib Va osiylar qular yuztuban Lovullagan o‘tga chulg‘anib. Aleksandr PUShKIN. “Qur’ondan iqtibos” “Do‘l tog‘i va davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Mangulikka daxldor

Anton Pavlovich Chexov, xudo umr bersa, 2010 yilda yuz ellikka to‘lgan bo‘lardi. Umri qisqa ekan: qirq to‘rt yoshida vafot etdi. Yigirma olti yilgina ijod qildi. U 1878 yilda chop etilgan ilk asarlaridan biri “Ninachi”ga “O‘spirin qariya” degan taxallus qo‘ydi. Yozuvchi davomi…

Rustam Mirzayev. Mashhur qadamjolar bo‘ylab

Jahongashtalik, sayohatga tashnalik, turli manzillar og‘ushiga talpinish azal-azaldan insoniyat qon-qoniga singib ketgan. Ibtidoiy davrda ham qabilalar mo‘l rizq-ro‘z ilinjida zamin bo‘ylab ko‘chib yurgan. Asrlar mobaynida odamlaru millatlar va elatlarning yalpi yurishi, ko‘chishi va yangi o‘lkalarga joylashishi davri o‘troq turmush tarzi davomi…

Pyotr Falyov. Qrimtatar ziyolilari mafkurasiga doir

Turkiyshunos olim Pyotr Aleksandrovich Falyov (1888-1922)ning asarlari haqida ma’lumot ko‘p emas. Uning “Qrimtatar ziyolilarining mafkurasiga doir” deb nomlangan risolasi (u P.A.Falyov asarlari bibliografiyasiga kirmagan, fanga noma’lum hisoblanadi) va 1922 yilda bosmadan chiqqan “Turkiy xalqlarning so‘z san’ati va lahjalariga kirish” nomli davomi…

Esong‘ali Ravshanov. Cho‘lpon

Sharq shoirlari “taxallus”, qozoqlarda “burkanchik, laqab ot”, ruslar “psevdonim” deydigan, turli xalqlarda turlicha ataladigan adabiy atama bor. Gap otda emas, zotda, deganlariday, mazkur atamaning kelib chiqish sabablari va tarixi uzoq hamda bahstalab. Bahstalabligi boisidan ham u qiziq. Sharqda she’r yozish davomi…

Muhammad Xayrullayev. Mirtemir domlani qo‘msab

“Qandoq yaxshi” Mirtemir akani o‘zlariga ustoz deb bilgan katta-kichik yoshdagi shogirdlari nafaqat Toshkentda, butun respublikamizda anchagina bor. Shuning uchun ham otaxon shoirni ko‘pchilik “domla” deb atardi. Mirtemir aka kitobxonlar bilan uchrashish uchun, takliflarga binoan, viloyatlarga ko‘p hollarda bir guruh shogirdlari davomi…

Mixail Taranov. Tirik sayyora

“Er – jonli mavjudot”, degan edi mashhur yozuvchi Artur Konan Doyl. Yozuvchining “Er faryodi” nomli ilmiy-fantastik romani qahramoni professor Chelenjer shunday deydi: “O‘simliklar, jonivorlar – Yer jismining yunglari, vulqonlar issiqlik nuqtalari, suv quyilish, chiqish joylari – Yer nafasi ekanligi shubhasizdir”. davomi…

Naim Karimov. Xudoybergan Devonov

O‘rta Osiyoga fotografiyaning kirib kelishi Bundan bir necha yil muqaddam O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Sharq-ni Yevropa uchun kashf etish ishtiyoqida O‘rta Osiyoga fotoapparat bilan kelgan frantsuz sayyohi va fotografi Pol Nadarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi. Rostini aytsam, bu ko‘rgazmadan ko‘p davomi…