Mansurxon Toirov. Do‘l tog‘i va yetti osmon

Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.
Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim
Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.
Abdulla ORIPOV

Afsuski, Qur’oni karimni boshdan-oxir o‘qib chiqmoq va uqib olmoqqa barchada ham birdek layoqatu imkoniyat yo‘q. Birinchidan, aksar odamlar mudom katta-kichik turmush tashvishlariga ko‘milib yashaydi. Shu sabab Alloh kalomi haqida ozgina o‘qi­ganu eshitganlari bilan qanoatlanadi. Ikkinchidan, din ilmi vakillari orasida har xil mubolag‘alarga yo‘l qo‘yuvchilar uchraydi. Bu hol ham odamlarning Qur’oni karim­ni to‘g‘ri anglashiga xalal berishi ta­yin. Darvoqe, keyingi muammo endi paydo bo‘lgan emas. Atoqli olima Fozila Sulaymonova “Sharq va G‘arb” monografiyasida (T., “O‘zbekiston”, 2001, 387-bet) ayrim tafsir, me’rojnoma va qisas ul-anbiyolarda xayolotga behad erk beril­gani haqida yozadi (Masalan, Hazrat Alining qilichi 40 quloch deb talqin qilinishi mantiqqa zid. Aslida, bu qilich Turkiyadagi muzeyda turibdi va 70-80 santimetrdan uzun emas).

Eynshteyn bashariyatga Nyuton ta’limo­tining cheklanganligini isbotlovchi nis­biy­lik nazariyasini taqdim etar ekan, “Kechir meni, Nyuton!” deya xitob qiladi. Zero, Eynsh­teyn insoniyatga Nyuton g‘oyat aziz ekanini bilar, ammo haqiqat undan-da azizroqligini ham anglar edi. Shu kabi, mo‘min-musulmonlar uchun Qur’oni karim tafsirlariyu tafsirchilari ham juda aziz. Biroq Alloh va uning muqaddas Kitobi ulardan-da azizroqdir. Chunki o‘zga Alloh yo‘q va bo‘lmaydi ham. U Zot bashariyatga o‘zga Kitob tushirmaydi ham. Ammo insoniyat behisob mufassirga ega bo‘lishi va ular behisob tafsir yaratishi mumkin. Biz esa shular orasidan eng a’lolarini sa­ralab istifoda etmog‘imiz lozim.

Hozirgi vaqtda Qur’oni karimning ba’zi sura va oyatlari, zamonaviy ilm-fanga tayanil­may, yuzakiroq tafsir etilayotganidan foy­dalanib, bu Kitob Allohning vahiysi emas, balki Muhammadning so‘zlaridir, degan qarashni yoyishga intilishlar va sura-oyatlar mazmuniga g‘ayir ko‘z bilan qarashga urinish­lar kuchaymoqda. Qu­yida biz inter­net­dagi “Koranicheskiy vzglyad na Vselennuyu” (http://ru.wikiislam.net/wiki/) va “Nauchnыe oshibki v Korane” (http://islamuncovered.info/scientific_errors_in_quran/) sahi­fa­larini bugungi fan xulosalari asosida baholashga urinib ko‘ramiz.

Qur’onning g‘a­yir munosabat­ga duchor bo‘l­­gan oyat­laridan biri mana bunday: “Alloh bulutlarni haydashi­ni, so‘ngra birga to‘p­­lashini, so‘ngra uyib qo‘­yishini ko‘rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg‘ir chi­­qarayotganini ko‘rursan. U Zot os­mondan, undagi tog‘lardan do‘l tushirib, u bilan O‘zi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni O‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog‘ining yarqirashi ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur” (Qur’oni karim va uning ma’nolari tarjimasi, mutarjim – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 24-sura, 43-oyat). Ushbu oyatni I. Krachkov­skiy ruschaga bunday o‘girgan: “Razve tы ne vidish, chto Allax gonit oblaka, potom soyedinyayet ix, potom prevraщayet v tuchu, i tы vidish, kak iz rasщelin yee vыxodit liven. I nizvodit On s neba gorы, v kotorыx grad, i porajayet im, kogo jelayet, i otklonyayet, ot kogo pojelayet. Blesk molnii Yego gotov unes­ti zreniye”. Bu oyatga o‘z nomini sir tutgan “internet-mufassir” (balki “internet-mufassir­lar”dir) bunday munosabat bildiribdi (iqtiboslarni asliyat tilida berayotirmiz – M.T.): Grad obrazuyutsya v pereoxlajdyonnom dojdevom oblake, za schyot zamerzaniya otdelnыx kapel. Takiye zarodыshi mogut vыrasti do znachitelnыx razmerov blagodarya zamerzaniyu stalkivayuщixsya s nimi pereoxlajdyonnыx kapel. Odnako, avtor Korana oshibochno pripisыvayet formirovaniye grada mnimoy gore na nebe”.

Agar mual­lif Qur’on oyat­iga xolis qaraganida edi, o‘zi tanqid qilgan kalimani o‘qi­gach, imon keltirgan bo‘larmidi! Sababi – chindan ham do‘l yog‘ishidan oldin va u yog‘a­yotgan paytda osmonda zichligi turlicha bo‘lgan muz tog‘i vujudga keladi!

Keling, bu hodisani bir boshidan kuzataylik. Odatda, do‘l momaqaldiroq­ni ham yuzaga keltiruvchi to‘p-to‘p, qatlam-qatlam yomg‘ir bulutlaridan hosil bo‘ladi. Bu bulutlar tik, ya’ni vertikal holatda joylashgan bo‘lib, “cho‘qqi”si 10 kilometrdan ortishi mumkin. Ushbu “tog‘” ichida kuchli shamol ta’sirida yuqoriga qarab o‘rlayotgan oqim tezligi sekundiga 100 metr­gacha bo‘lishi aniqlangan. Mazkur oqim bulutlardagi suv tomchilarini harorati juda past, ya’ni minus 20–50 gradusli yuqori atmosfera qatlamlariga ko‘tarib chiqadi. Natijada, suv tomchilari muzga  aylanadi, ular ham, o‘z galida, bir-biri bilan qo‘shilib, do‘l “guvalacha”lari shakliga kiradi. Hosil bo‘lish sharoitiga qarab, do‘l turlicha ko‘rinish olishi mumkin, lekin aksar soqqasimon bo‘ladi. Ushbu do‘l “guvalacha”lari goh tepa, goh pastga qarab betinim harakatlanadi. Milliardlab bunday do‘l “guvalacha”lari osmonda mudom chayqalib turgan ulkan muz tog‘i qiyofasini oladi.

Do‘lning vazni uni uchiradigan shamol kuchiga bog‘liqdir. Chunki do‘l “guvalacha”si, uni shamol uchirib yurgani sari kattalashib boraveradi. Tasavvur qiling, diametri 10 santimetrli do‘l “guvalacha”si havoda muallaq tura olishi uchun shamolning tezligi soatiga 200 kilometr bo‘lishi zarur. Do‘l o‘z og‘irligi ta’sirida pastga qarab sho‘ng‘isa, kuchli shamol uni yana yuqoriga irg‘itadi va shu tariqa do‘lni havoda uchirib yuradi. Bu holni takror va takror “boshdan kechirgan” do‘l “guvalacha”lari ulkanlashib, og‘irligi bir necha kilogrammgacha yetishi mumkin. Shamol do‘l “guvalacha”larini tutib tura olmasagina ular yerga yog‘adi. Demak, o‘sha paytda do‘l yog‘ayotgan hudud uzra muz tog‘i suzib yurgan bo‘ladi. Do‘l bulutlar ichida yuzaga kelgani sabab ular qancha qalinlashsa, do‘l yog‘ishi ehtimoli ham shuncha ortadi. Qalinligi 12 kilometr bo‘lgan bulutdan do‘l yog‘ish ehtimoli 50 foizga teng. Bulut 14 kilometr­li qalinlikda bo‘lsa, do‘l yog‘ish ehtimoli 75 foizga yetadi. Bulut qalinligi 18 kilometrga yetganda esa, do‘l yog‘ishi muqarrar bo‘ladi. Menimcha, Qur’oni karimning osmondagi ulkan muz tog‘idan do‘l yog‘ishi haqidagi oyati nechog‘li to‘g‘riligini asoslash uchun biz keltirgan dalil kifoya qilsa kerak.

Endi “internet-mufassir”ning boshqa da’volariga e’tibor qaratamiz va ularga ham bugungi fan xulosalariga tayanib javob beramiz. U Qur’oni karimning olam haqidagi qarashlarini bunday tanqid qi­ladi: “Vselennaya avtorov Korana vesma prosta, mala, soderjit tolko plos­kuyu Zemlyu i okrujayuщiye yee nebesa”. Shundan so‘ng Qur’oni karimning ruscha tarjimasidan quyidagi oyatlarni keltiradi: “On – tot, kotorыy sotvoril vam vse, chto na zemle, potom obratilsya k nebu i stroil yego iz semi nebes. On o vsyakoy veщi znayuщ!” (Koran, 2:29); “Razve vы ne vidite, kak sotvoril Allax sem nebes ryadami?” (Koran, 71:15); “On – Tot, Kto sotvoril ryadami sem nebes v garmonii drug s drugom” (Koran, 67:3). “Internet-mufassir” o‘z fik­rini bunday davom ettiradi: “Zemlya, okrujena sloyem vozduxa tolщinoy okolo 10000 km. Etot sloy nazыvayetsya atmosferoy. Atmosfera uderjivayetsya vokrug Zemli blagodarya zemnomu prityajeniyu. Chem vыshe vыsota, tem menshe vozduxa soderjitsya v atmosfere, a sama ona slivayetsya s kosmicheskim prostranstvom, gde vozduxa net. Sloi atmosferы uslovno mojno podelit na sem nebes. Po nisxodyaщey: Sedmoye nebo eto Magnitosfera, Shestoye nebo eto Ionosfera, Pyatoye nebo eto Ekzosfera, Chetvertoye nebo – Termosfera, Trete nebo eto Mezo­sfera, Vtoroye nebo – Stratosfera, Pervoye nebo – Troposfera”.

Keling, endi “internet-mufassir”ning Alloh kalomidagi yetti osmonga doir ta’limotga munosabatini ko‘rib chiqaylik. Xo‘sh, bu yetti osmon qanday? Birinchi osmon. Barchamizga ma’lumki, samolyotmi, dirijabl­mi, varrak yoki qushmi ucha boshlasa, biz ularni osmonga ko‘tarildi deymiz. Osmonda yettita sfera – Magnitosfera, Ionosfera, Ekzosfera, Termosfera, Mezosfera, Stratosfera, Troposfera mavjudligi bor gap bo‘laqolsin. Lekin bu yetti sferani kimdir beshtaga keltirishi, kimdir o‘ntaga yetkazishi mumkin. Tayinsizroq holat, shunday emasmi? Biz yaxshisi bu sferalarni birinchi osmonning atmosfera qatlamiga mansub deb qabul qilaylik. Shu tariqa, birinchi osmon deya samolyot, dirijabl, varrak yoki qushlar uchayotgan fazo hududini olamiz va bunga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak.

“Internet-mufassir” yana bunday deb yozadi: “Za dopolnitelnыmi podrobnostyami ob ustroystve nebes mojno obratitsya k rasskazu o nochnom puteshestvii Muxammeda (Saxix al-Buxari – 1513 (3887). Tekst slishkom velik, chtobы tsitirovat yego polnostyu, odnako nije budut privedenы klyuchevыe momentы. Naprimer, neposredstvenno nad kupolom pervogo neba Muxammed vstretil Adama i obnarujil istochniki rek Tigr i Yev­frat (vidimo, pri otsutstvii poznaniy v oblasti geografii)”. Dajla va Frot daryolari birinchi osmondan suv ichadi, deyilganidan ushbu hadisda hech bir mubolag‘a yo‘q. Chunki bu daryolar suv ichadigan tog‘ cho‘qqilari, darhaqiqat, mazkur osmon hududida joylashgan. Demak, ushbu hadis bizning “birinchi osmon” tushunchasini to‘g‘ri belgilaganimizdan dalolat. Yuqorida biz Imom Buxoriy hadisiga yuzaki qarasak, uni inkor etishga rag‘bat uyg‘onishi mumkin edi, lekin ko‘rdikki, u haqiqatdan ham sahih ekan.

Ikkinchi  osmon. Ma’lumki, sun’iy yo‘ldoshlar Yer orbitasiga chiqib olishi uchun sekundiga 8,2 kilometr tezlikda ucha olishi shart, aks holda, u Yer orbitasiga chiqa olmaydi. Chunki ikkinchi osmonga xos fizik “qatlam”ni yorib o‘tish uchun shunday tezlik talab etiladi. Bu to‘siqdan o‘tib olgan sun’iy yo‘ldosh esa ikkinchi osmonga yetadi. (Hozirgi fan Yer orbitasini “koinot” deb atashi barchaga ma’lum.) Shu tariqa, kosmik kemalar Yer atrofida sun’iy yo‘ldosh bo‘lib aylanib yuruvchi fazo hududi – kosmos­ni  ikkinchi osmon deb qabul qilish mumkin. Bunday osmon mavjudligini falakshunos­lar ming yillar avval ham faraz etgan, ammo u haqidagi aniq tasavvur 1957 yili osmonga ilk kosmik kema ko‘tarilgandan so‘ng­gina yuzaga keldi.

“Internet-mufassir” kosmik kemaning fazoga ko‘tarilishi xususida bunday deb yozadi: “Pervыy kosmicheskiy polet bыl sovershen ne-musulmaninom pyatdesyat let nazad. Kosmicheskiye stantsii cheloveka issleduyut poverxnost Lunы, Marsa i Venerы i daje, vыshli za predelы Solnechnoy sistemы. Odnako avtor Korana polagayet, chto kosmicheskiye poletы nevozmojnы bez soglasiya Allaxa. Uchitыvaya, chto desyatki astronavtov yavlyayutsya ateistami, mы doljnы sprosit, pochemu vseveduщiy Allax sdelal takoye oshibochnoye prorochestvo? – O sonm djinnov i lyudey! Yesli mojete proniknut za predelы nebes i zemli, to proydite! Ne proydete vы, inache kak s vlastyu” (Koran, 55:33).

Qur’oni karimning ushbu oyatida inson va jinlar osmonga Alloh xohishi bilan chiqishi haqida xabar berilmoqda. Lekin “internet-mufassir” buning uchun faqat musulmonlarga izn berilgan, deya xulosa chiqarishi uning badniyatligidan boshqa narsa emas. Chunki musulmon ham, g‘ayridin ham, hatto xudosiz ham Alloh bandasidir. U Zot osmonga chiqmoqqa kimga izn berishni yolg‘iz O‘zi biladi. Katta adron kollayderini ishga tushirishda jonbozlik ko‘rsatgan Rossiya olimlari koordinatori, Moskva davlat universiteti qoshidagi Yadro fizikasi ilmiy tekshirish instituti direktori o‘rinbosari V.Savrin 2008 yil 10 sentyabrdagi matbuot anjumanida “Ba’zan paydo bo‘ladigan “qora o‘ralar” juda qisqa fursat yashaydi. Chunki darrov portlab ketadi. Hatto kollayder devorlarigacha yetib borishga ulgurmaydi… Bu masalaga turlicha yondashish mumkin. Chunonchi, xudo …ko‘rib-bilib turibdiki, insoniyat (men avvalo fizik­larni nazarda tutyapman) aniq maqsad sari intilyapti va haqiqatga yetmoq uchun bor aql-zakovati, kuch-quvvatini sarf qilyapti. Xudo oxir-oqibat o‘sha haqiqatni bilish uchun ijozat etishiga imonim komil”, degan gaplarni aytdi. Qarang, ulkan davlatning yirik olimi Yaratgandan kashfiyot qilmoqqa ruxsat so‘rayotir…

Darvoqe, ikkinchi osmon haqida aytilganlarga bir fikrni qo‘shimcha qilish mumkin. U, Qur’onda aytilganidek, birinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Uchinchi osmon deb Oyning Yer atrofida milliard yillardan buyon harakat qilayotgan orbitasi hududini olsak to‘g‘ri bo‘lar. Uni o‘ziga makon qilgan Oy shu hudud bo‘ylab ko‘chib yurar ekan, o‘z ta’sir doirasini ham ko‘chiradi. Uchinchi osmon, yana Qur’onda aytil­ganidek, birinchi va ikkinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

To‘rtinchi osmonga chiqish uchun kosmik kema sekundiga 11 kilometrdan yuqori tezlikka ega bo‘lishi kerak. Shunda u Yerning tortish kuchi ta’siridan qutulib, Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylanadi va Quyosh at­ro­fida, Yer va boshqa sayyoralar kabi, ma’lum orbita bo‘ylab aylana boshlaydi. Darhaqiqat, Yer va boshqa bir necha sayyora Quyosh atrofida shunday orbita bo‘ylab aylanayotir va buni to‘rtinchi osmon deb olishimiz mumkin. Ya’ni Yer to‘rtinchi osmonda Quyosh atrofida harakatlanadi va bu osmon o‘z ichiga birinchi, ikkinchi va uchinchi osmonni ham oladi. Dastlabki uch osmonga Yer hukmronlik qilsa, to‘rtinchi osmonga Quyosh hukmrondir.

Beshinchi osmon. Quyosh fazoda barcha sayyoralarini ergashtirgan holda sekundiga 295 kilometr tezlik bilan Qutb yulduzi yo‘nalishidagi markaz atrofida harakatlanadi. Quyosh bu harakatni Somon yo‘li galaktikasida amalga oshiradi va mazkur hududni beshinchi osmon deb qabul qilish mumkin. Bu osmonga endi Somon yo‘li galaktikasi hukmrondir. U o‘ziga tobe osmondan Quyoshning chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Solntse zavershayet svoy put, napravleniye i srok kotorogo opredelenы yemu Allaxom Vsemoguщim, Mudrыm, vedayuщem obo vsyom”. (Koran, 36:38.) Ko‘rib turganimizdek, Quyosh muayyan yo‘nalishda ma’lum muddatgacha harakatda davom etadi. Hozirgi zamon fani buni inkor qilmaydi, bil’aks, tasdiqlaydi. “Klyanus solntsem i yego siyaniyem, i mesyatsem, kogda on za nim sleduyet”. (Koran, 91:1-2.) Keyingi oyat Quyosh Oyni o‘ziga ergashtirib, yetaklab yurishidan darak beradi. Bu ham hozirgi fan xulosalariga zid emas. Zero, Oy ham Quyoshga ergashib, Somon yo‘li galaktikasida sekundiga 295 kilometr tezlikda harakatlanayotir. Beshinchi osmon birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Oltinchi osmon. Agar fazo kemasi Quyosh­ning Somon yo‘li galaktikasidagi harakati tezligidan ham jadalroq ucha olsa (bu tezlik qancha bo‘lishini astronomlar hali hisoblab chiqmagan), Somon yo‘li galaktikasini ham ortda qoldirib, uning ta’siridan chetga – keyingi osmonga chiqadi va ushbu hududdagi behisob galaktikalar kabi o‘zi ham muayyan yo‘nalish bo‘yicha, ma’lum markaz atrofida suzuvchi jajji “galaktika”ga aylanadi. Bizning jajji “galaktika”miz boshqa son-sanoqsiz galaktikalar bilan birga harakatlanib yurgan fazo hududini oltinchi osmon deb qabul qilish mumkin. U birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Ettinchi osmon deb hozirgi fan, to‘g‘­rirog‘i, Albert Eynshteyn fikricha, mavjud olam chegarasining narigi tomonini olish mumkin. Barcha galaktikalar, o‘z yulduzlari bilan birga, oltinchi osmon markazi atrofida juda ulkan tezlikda harakatlangancha olam sarhadiga qarab kengayib bormoqda (ularni yettinchi osmondagi qaysidir ulkan kuch o‘ziga tortib turgandek). Bu galaktikalar tezligi yorug‘lik tezligiga tenglashgach, ular ma’lum muddatdan so‘ng yettinchi osmonga o‘tib ketadi-da, bizga butkul ko‘rinmay qoladi. Ya’ni, fazo kemasi yorug‘lik tezligidan ildamroq ucha olsa, bizning olam chegarasidan o‘tib ketishi mumkin. Ba’zi yulduz va galaktikalar bot-bot nariyoqqa ana shunday o‘tib turishi fanga ayon. Shu tariqa, bizning olamimiz sarhadining boshqa tomonidagi fazoni yettinchi osmon deb olishimiz mumkin. Bu osmon birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi osmonni ham o‘z ichiga oladi.

Mana, Qur’oni karim oyatlarida zikr etilgan “etti osmon” tushunchasini ozmi-ko‘pmi izohladik, desak bo‘ladi. Albatta, biz mazkur osmonlar haqida Yerga nisbat fikr yuritdik va Qur’onda ham aslida shunday qilingan. Aksar tafsirchilar oyatlar sharhida Yerni olam markaziga qo‘yib xulosa chiqarganiga sabab ham shu bo‘lsa, ehtimol! “On – Tot, Kto sotvoril ryadami sem nebes v garmonii drug s drugom”. (Koran, 67:3.) Darhaqiqat, yetti osmon bir-biri bilan nihoyatda uyg‘un ekani, ya’ni biridan boshqasiga silliqqina – hech bir yoriq yoki tirqishsiz o‘tib borishini tasavvur etish qiyin emas. Yoki: “Razve vы ne vidite, kak sotvoril Allax sem nebes ryadami?” (Koran, 71:15.) Shuningdek, yetti osmon qatma-qat (ichma-ich) joylashganiga ham hech bir kimsa shubha qila olmas?

Qur’oni karimning 21-sura 30-oyatida “Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!” deyiladi. Kosmogoniya fani ilgari surayotgan Buyuk portlash nazariyasi ushbu oyat zamonaviy fan xulosalariga hamohang ekanini tasdiqlaydi. Kashfiyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qachonlardir Yerdagi quruqlik bir butun, yaxlit bo‘lgan. U keyinchalik qit’alarga ajralgan. Hayot esa dastlab suvda paydo bo‘lgan, shu bois kosmos va boshqa sayyoralardan hayot unsurini qidirayotgan fazogirlar avvalambor suvni izlayotir.

Qur’oni karimning 41-sura 11-oyati o‘zbekchaga quyidagicha o‘girilgan: “So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: “(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz”, degan edi, ular “O‘z ixtiyorimiz bilan keldik”, dedilar”. O‘zbek tiliga “tutun” deb tarjima qilingan so‘z V. Poroxovaning ruscha tarjimasida “pelenoy iz dыma” (tutun qatlami) deb berilgan. Ajabo, kosmogoniya fani XX asrdagina olam gaz-chang (tutun) bulutidan (qatlamidan) paydo bo‘lganini aniqlasa, Qur’oni karim bu haqda 14 asr avval xabar berib turibdi!

Mazkur oyatda osmon va Yer o‘z ixtiyori bilan yaqinlashgani aytiladi. O‘z ixtiyori bilan demoqning ma’nosi Yerda ham, osmonda ham bir-biriga intilish mavjud deganidir. Fizikadagi butun olam tortishish qonuni gravitatsiya maydoni bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, jismlar bir-biriga ma’lum qonuniyat bilan ixtiyoriy ravishda tortiladi. Gravitatsiya maydonida elektr yoki magnit maydonlari tabiatiga xos itarilish xususiyati yo‘q. Zarralarning (jismlar, sayyoralar, yulduzlarning) o‘zaro tortishishi (gravitatsiya kuchi, oyatdagi ixtiyoriylik) sabab jism soqqasimon shakl olishi hozirgi fanga ayon. Shuning uchun ham Quyosh, sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari va yulduzlar shakli dumaloqqa yaqin. Afsuski, shu vaqtgacha zamonaviy fan gravitatsiya tabiatini to‘liq-tugal tushuntirib bergani yo‘q.

Qur’onning 41-sura 12-oyatini I.Krach­kovskiy bunday tarjima qilgan: “On sot­voril ix semyu nebesami za dva dnya i vnushil kajdomu nebu yego obyazannosti. Mы ukrasili nijnee nebo svetilnikami i oberegayem yego (ili dlya obereganiya yego). Takovo predopredeleniye Moguщestvennogo, Znayuщego”. V. Poroxova tarjimasida esa ayni oyat “On sem nebes v dva dnya ustanovil, i kajdomu naznachil slujbu. Ukrasili mы blijnыy svod ognyami i obespechili yemu oxranu – Togo, Kto bezgranichnoy vlasti preispolnen” tarzida berilgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasida “Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik. Bu azizu o‘ta ilmli Zotning o‘lchovidir” tarzida bayon etilgan. Xuddi shu oyat Oltinxon To‘ra tarjimasida “Keyin ul ikki kunda alarni yetti osmon qilib bino qildi va tushirdi, har osmonga ang‘a munosib hukm va ziynat berduk. Biz dunyo osmonin chiroqlar ila va mahfuz saqladik ani. Bu g‘olib Zotning tadbiridir” shaklida ifodalanadi. Mazkur oyatdan yulduzlar pastki osmonda joylashgan degan xulosa kelib chiqayotgani yo‘q. Balki yaqin, ya’ni odamzodga ko‘rinib turgan osmonni yulduzlar chiroq kabi bezab turibdi degan ma’no bor. Ko‘rinib turibdiki, I.Krachkovskiy tarjimasidagi “nijnee” so‘zi biz murojaat qilgan boshqa variant­larda o‘zgacha beril­gan. Jumladan, V. Poroxova “blijnыy” so‘zidan foydalangan. Nimaga nisbatan yaqin, balki Quyoshgadir? Biz chiqargan xulosaga ko‘ra, Yer to‘rtinchi osmonda bo‘lsa, unga eng yaqini – Quyosh suzib yurgan beshinchi osmondir va u milliard­lab yulduzlar bilan guldastadek bezatib qo‘yilgan. Xo‘sh, buning nimasi tushunarsiz?! Krachkovskiy “nijnыy” so‘zini topib ishlatgan, Poroxovaning “blijnыy” so‘zi ham o‘rinli, o‘zbekcha tarjimalardagi “dunyo osmoni” birikmasi ham aniq-ravshan. Demak, biz o‘zbekcha tarjima bo‘yicha dunyo deganda Somon yo‘li galaktikasini tushunmog‘imiz kerak. Bunda bizning dunyo – bizning galaktika ma’nosini ifodalayotir, ya’ni “dunyo” so‘zi “galaktika” so‘ziga sinonim bo‘layotir. “Olam” so‘zi esa barcha galaktikalarni o‘z bag‘riga oladi deyilsa, barcha narsa joy-joyiga tushadi-qo‘yadi. Dunyo osmoni deganda, nega Somon yo‘li galaktikasini anglamasligimiz kerak?!

“Internet-mufassir” o‘z fikrini davom ettirib, yana bunday yozadi: “Eti nebesa yavlyayutsya tverdыmi ob’ektami, i eto mojno prodemonstrirovat sleduyuщim obrazom. V pervuyu ochered, oni igrayut rol krыshi, zaщiщaya to, nad chem oni raskinutы. Zaщitnыy xarakter etoy krыshi pokazan v takix stixax, kak: Mы sdelali nebo oberegayemoy krovley, odnako oni otvorachivayutsya ot yego znameniy (Koran, 21:32). Oskolki nebes mogut padat i, vozmojno, ranit jiteley Zemli: Esli Mы pojelayem, to zastavim zemlyu poglotit ix ili je nizrinem na nix kusok neba” (Koran, 34:9). Osmonning qattiqligiga dalil shuki, bir osmondan ikkinchisiga o‘tish uchun sarf bo‘ladigan kuch har qanday po‘lat devorni teshib o‘tishga qodir, ya’ni osmon har qanday po‘latdan qattiqroqdir. Atmosfera ham bizga tom bo‘lib turganiga shubha yo‘q. Faqat aqli noqislargina tom albatta qamish, shifer yoki tunukadan bo‘ladi, deb ishonishi mumkin.

Fakticheski, nebesa nastolko tver­dы, chto na nix mojno zabratsya pri pomoщi lestnitsы: Esli tebya tyagotit ix otvraщeniye, to yesli tы smojesh otы­skat proxod v zemle ili lestnitsu na nebo, to prinesi im znameniye. Yesli bы Allax pojelal, to sobral bы ix vsex na pryamom puti. Posemu ne bud odnim iz nevejd”. (Koran, 6:35.) “Internet-mufassir” ushbu oyatni I.Krachkovskiy tarjimasidan ba’zi xatolar bilan ko‘chiradi. Mazkur oyat V.Poroxova tarjimasida quyidagicha: “A yesli tebe v tyagost ix prezrene, To daje yesli b mog tы otыskat Rasselinu v zemle il lestnitsu na nebo, I tem yavit yeщe odno znamene im (To vse ravno bы ne uverili oni). I bud na to jelaniye Gospodne, Sob­ral bы On ix vsex na pravednoy steze. A potomu (o Muxammed!) ne bud v chisle nevejd! (V.Poroxova 379-izohda bu oyat biror mo‘jiza ko‘rsatish talabi qo‘yilaverganidan so‘ng tushganini aytadi, 380-izohda esa oyatdagi “To vse ravno bы ne uverili oni” so‘zlari Krachkovskiy va Sablukov tarjimasida negadir tushib qolganidan hayron bo‘ladi. Ba’zi o‘zbekcha tarjimalarda bu so‘zlar izoh sifatida keltiriladi.)

“I nakonets, nebesa, po-vidimomu, nas­tolko tyajelы, chto im trebuyutsya oporы. V otlichiye ot sovremennыx musulman, avtorы Korana priznayut, chto nebesam neobxodimы oporы, dobavlyaya pri etom, chto oni nevidimы: Kuliyev – Allax voznes nebesa bez opor, kotorыe vы mogli bы uvidet; Osmanov – Allax voznes nebesa na nevidimыx vami oporax (Koran, 13:2). Zdes avtorы Korana vosprinimayut ochevidnыm to, chto nebesam neobxodimы oporы. No oni kontsentriruyut svoye vnimaniye ne na ix otsutstvii, a na nevidimos­ti.” Bu da’voga quyidagicha javob berish mumkin. Axir, gravitatsiya maydonida o‘sha “tayanch” –  “opora”! Qanday ham ko‘rib bo‘lsin uni! Bo‘lmasa, uni kim ushlabdiyu kim ko‘ribdi? Qoyil qolmaysanmi, ey banda? Nyuton kashf etgan butun olam tortishish qonuni shu oyatga ishora qilayotir-ku! Hozirgi fanning eng buyuk jumbog‘i ham gravitatsiya maydoni bo‘lib turibdi-ku!

“Kogda on pribыl tuda, gde zakatыvayetsya solntse, on obnarujil, chto ono zakatыvayetsya v mutnыy (ili goryachiy) istochnik. Okolo nego on nashel narod. Mы skazali: “O Zul Karneyn! Libo tы nakajesh ix, libo sdelayesh im dobro” (Koran, 18:86). Xotya v sluchaye vosxoda Solntsa nikakiye “mutnыe istochniki” ne upominayutsya, opisыvayutsya lyudi, jivuщiye neposredstvenno ryadom s etim mestom: Kogda on pribыl tuda, gde vosxodit solntse, on obnarujil, chto ono vosxodit nad lyudmi, kotorыm Mы ne ustanovili ot nego nikakogo prikrыtiya”. (Koran, 18:90.) Zulqarnayn dunyo chetiga borganida, yunon miflaridagi osmonni ko‘tarib turuvchi atlantlarni ko‘rmagan va osmonni ham qozon kabi yerga to‘nkarib qo‘yilgan deb aytmagan. Zulqarnayn quyosh botayotgan tomonda ham, chiqayotgan tomonda ham odamlar yashayotganini aytgan. Shuningdek, biror osmon ham Yer kattaligi bilan cheklangani Qur’on oyatlarida kelmagan. Yer yapaloq va doirasimon, unga osmon qozondek to‘nkaril­gan qabilidagi oyatlar Qur’onda yo‘q va buni Qur’on g‘animlari hazm qilishi og‘ir, albatta.

“Sleduyet zametit, chto vo vsem Korane net kakix-libo upominaniy galaktik i ix skopleniy, kvazarov ili pus­togo prostranstva. Prosto voda, pre­stol i sam Allax: On sotvoril ix semyu nebesami za dva dnya i vnushil kaj­do­mu nebu yego obyazannosti. Mы ukrasili nij­nee nebo svetilnikami i oberegayem yego (ili dlya obereganiya yego). Takovo predopredeleniye Moguщestvennogo, Znayuщego”. (Koran, 41:12.) Avtorы Korana ne dopuskali i mыsli o tom, chto zvez­dы mogut bыt ob’ektami takogo je masshtaba, kak i Solntse, no raspolojennыmi gorazdo dalshe”. Yetti osmonning ikki kunda (yoki ayrim tarjimalardagi kabi “ikki davr”da) barpo bo‘lishiga kelsak, butun olam ichra eng murakkab yaratiq – Yerdir. Eng ulkan yulduz ham, inson u yoqda tursin, hatto hasharot qadar murakkab emas, chunki ular asosan modda shakllaridan biri bo‘lmish plazmadan iborat hamda aksar osmon jismlari energiya va nur ko‘rinishidadir. Falakshunoslar osmon jismlarining 95 foizi bizga ma’lum bo‘lgan materiyadan farqliligini ikki so‘z bilan “qora (noma’lum) energiya” va “qora (noma’lum) materiya” deb izohlaydi. Yetti osmonni yaratish Yer va undagi maxluqot, dov-daraxt, o‘t-o‘lanni yaratishdan jo‘nroq kechgan va shu bois kam vaqt talab etgan bo‘lsa ne ajab! Hozirgi fan olam Katta portlash natijasida bundan taxminan 11 milliard yil ilgari, Quyosh va Quyosh sistemasi, chunonchi, Yer esa 5 milliard yil ilgari paydo bo‘lgan degan xulosaga kelgan. Agar 11 milliarddan 5 milliardni olib tashlasak, 6 milliard qoladi. Albatta, bu vaqt o‘lchovi Yerga, uning Quyosh atrofida aylanishiga nis­batan olinayotir. 11 milliard yilni biz quyidagicha tushunishimiz ham mumkin. Barcha galaktikalar oltinchi osmonda ma’lum bir markaz atrofida, Yer Quyosh atrofida aylanayotganidek, harakatlanadi. Bu markaz (o‘q) atrofida, aytaylik, Somon yo‘li galaktikasini bir marotaba to‘liq aylanib chiqish uchun ketadigan vaqt bir kun deb olinsa (Er o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘liq aylanishi bir kun deb qabul qilinganidek), bu bir kunlik vaqt, ehtimol, Yerning Quyosh atrofida milliard marotaba aylanib chiqishiga teng bo‘lgan fursatdir (buni hali falakshunos­lar qiyosiy hisoblab chiqmagan). Demak, Qur’onda keltirilgan bir kun Yerning taxminan bir milliard yiliga teng bo‘layotir. Zotan, Allohni shoshiradigan hech qanday kuch yo‘q. Qur’onda avval ikki kunda osmonlar, so‘ng­ra to‘rt kunda Yer va undagi hayot yaratilgani haqida so‘z boradiki, bu oyat yuqorida aytgan fikrimizni tasdiqlaydi.

“Solntse i Luna opisanы menee odno­znachno… Eti dva svetilnika (vmes­te so zvezdami i planetami) sleduyut po predpisannыm im putyam vdol izognutыx sten tverdogo nebesnogo kupola: Imenno On sotvoril noch i den, solntse i lunu. I vse oni plыvut po nebosvodu. (Koran, 21:33); Solntsu ne sleduyet dogonyat lunu, i noch ne operejayet den, i kajdыy iz nix plыvet po nebosvodu. (Koran, 36:40); Solntse plыvet k prednaznachennomu dlya nego mestoprebыvaniyu: takovo predpisaniye Velikogo, Vedayuщego. (Koran, 36:38.) Voobщe, Koran delayet sleduyuщee zamechaniye, kotoroye fakticheski delayet zatmeniya nevozmojnыmi: Solntsu ne nadlejit dogonyat lunu, i noch ne operejayet den. Kajdыy plыvet po orbite. (Koran, 36:40.) Odnako, chtobы proizoshlo solnechnoye zatmeniye, neobxodimo, chtobы Solntse i Luna “dog­nali” drug druga. No tak, kak sama Luna v eto vremya ne vidna, avtorы Korana nikogda ne obraщali na eto vnimaniya.” Quyosh tutilishiga Oy sababchi ekanini yunon olimlari Qur’oni karim nuzulidan ming yilcha avval bilgan va bu haqdagi ma’lumot Arabistonni ham chetlab o‘tmagan. Biroq yuqoridagi oyatlar Quyosh tutilganida Oy unga yetib olmagani, oradagi masofa 150 million kilometr ekaniyu har ikkisi ham o‘z orbitasi bo‘ylab harakatdaligiga ishoradir. Yerdagi odamgina Oy Quyoshga yetib oldi va shu sabab Quyosh tutildi, degan xulosaga kelishi mumkin, ammo barcha narsa O‘ziga ayon bo‘lgan Alloh emas! Darhaqiqat, Quyosh o‘z manzili sari mana 5 milliard yilki (Qur’on bo‘yicha besh kun), harakat qilayotir va o‘sha manzilga qachondir yetajak.

“Zatem, v protsesse obsujdeniya kontsa sveta, avtorы Korana zayavlyayut, chto lunnoye zatmeniye (kotoroye mojet proizoyti tolko togda, kogda Solntse i Luna raspolojenы po raznыe storonы Zemli) budet proisxodit v to je vremya, kogda Solntse i Luna nakonets “dogonet” drug druga: On sprashivayet, kogda je nastupit Den voskreseniya? Kogda vzor budet oshelomlen, luna zatmitsya, a solntse i luna soydutsya. (Koran, 75:6-9.)

Tot fakt, chto Solntse soydetsya s Lunoy, demonstriruyet ne tolko to, chto oni “dogonyat” drug druga, no i to, chto avtorы Korana verili v to, chto eti dva ob’ekta sravnimы po razmeram. Avtorы Korana ne ponimali togo, chto Solntse i Luna na samom dele yavlyayutsya prichinoy zatmeniy, a ne tolko ob’ektami, ispыtыvayuщimi ix”. Falakshunos B. Vorontsov-Velyaminov bunday yozadi: “Yangi yulduzlar” degan nom qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, bu nom chindan ham yangi kashf etilgan yulduzlarga berilgan. Olimlar xulosalariga ko‘ra, aslida ko‘zga ko‘rinmas yulduz azaldan bor bo‘ladi-yu, qo‘qqis charaqlashi bois kuzatuvchiga o‘zini yangi yulduz sifatida namoyon qiladi. Bunday chaqnash faqat o‘ta qaynoq va sekin harakatlanuvchi yulduzlarda ro‘y beradi. Barcha yangi yulduzlar qo‘shaloqdir, degan gumon ham yo‘q emas. Agar shunday bo‘lsa, Quyoshga bunday chaqnash xavf solmaydi”. “Agar shunday bo‘lsa…” deya shubha va umid bilan Quyosh portlamas, demoqda astronom olim. Lekin 75-suraning 7-oyatida Alloh bandalarini “Bas, ko‘z qamashganida”, deya ogohlantirayotir.

Quyosh ulkanlashgandan ulkanlashib, o‘z tegrasida harakatlanuvchi sayyoralarni – avval Merkuriy, so‘ngra Venerani domiga tortishi mumkin, lekin Yer bundan mustasno degan nuqtai nazar bor. Mabodo shu hodisa ro‘y ber­sa, Quyosh qi­zil gigantga aylanib, Oyni ham yutib yuborishi mumkin, degani bu. Ya’ni 9-oyatda aytil­ganidek, Oy va Quyosh birlashadi. Ro‘zi Mahsharda Quyosh odamlar bo­shi­da tik turadi degan bashorat­ni kim ham eshit­­magan, deysiz.

Yulduzlar olamidagi jarayonlar na­faqat sekin, balki tez ro‘y berishi ham mumkin. Masalan, bir yilga yaqin vaqt ichida o‘rtacha yulduz ulkan yulduz kabi chaqnaydi, so‘ng­ra shuncha muddat orasida ravshanligi pasayadi. Oqibatda, u neytronlardan tarkib topgan yulduzga aylanadi. Demak, fan yulduzlarda milliard yillarda sodir bo‘lishi kutilgan jarayon bir zumda ro‘y berishi ham mumkinligini tasdiqlaydi. Quyosh, Oy, yulduzlar va ulardagi evolyutsiya jarayoni bir zumlik chaqnash bilan poyoniga yetishi hech gap emas. Bunday paytda, oyatda aytilganidek, ko‘z qamashadi.

“Takje oni ne ponimali togo, chto Solntse yavlyayetsya prichinoy vozniknoveniya kak dnya, tak i nochi. S koranicheskoy tochki zreniya noch – eto ne prosto otsutstviye dnya. Den i noch – eto dve sovershenno otdelnыe suщnosti, soz­dannыe Allaxom: Tы udlinyayesh den za schet nochi i udlinyayesh noch za schet dnya. Tы vыvodish jivoye iz mertvogo i vыvodish mertvoye iz jivogo. Tы daruyesh udel bezo vsyakogo scheta, komu pojelayesh. (Koran, 3:27); Voistinu, v sotvorenii nebes i zemli, a takje v smene nochi i dnya zaklyuchenы znameniya dlya obladayuщix razumom. (Koran, 3:190); On – Tot, Kto rasproster zemlyu, ustanovil na ney nezыblemыe gorы i reki, vzrastil na ney iz raznыx plodov po pare. On pokrыvayet den nochyu. Voistinu, v etom – znameniya dlya lyudey razmыshlyayuщix. (Koran, 13:3); Eto – potomu, chto Allax udlinyayet den za schet nochi i udlinyayet noch za schet dnya, a takje potomu, chto Allax – Slыshaщiy, Vidyaщiy. (Koran, 22:61.)

Den i noch yavlyayutsya sozdaniyami, sovershenno nezavisyaщimi ot Solntsa, Lunы ili drugix nebesnыx ob’ektov. Net ni maleyshego nameka na to, chto Solntse yavlyayetsya prichinoy vozniknoveniya dnya i nochi: Voistinu, vash Gospod – Allax, Kotorыy sotvoril nebesa i zemlyu za shest dney, a zatem voznessya na Tron (ili utverdilsya na Trone). On pokrыvayet nochyu den, kotorыy pospeshno za ney sleduyet. Solntse, luna i zvezdы – vse oni pokornы Yego vole. Nesomnenno, On tvorit i povelevayet. Blagosloven Allax, Gospod mirov! (Koran 7:54); Allax – Tot, Kto sozdal nebesa i zemlyu, nisposlal s neba vodu i vzrastil yeyu plodы dlya vashego propitaniya, podchinil vam korabli, kotorыe plыvut po moryam po Yego vole, podchinil vam reki, podchinil vam solntse i lunu, neprestanno dvijuщiyesya po svoim orbitam, podchinil vam noch i den. (Koran, 14:32-33); On – Tot, Kto sotvoril noch i den, solntse i lunu. Vse plыvut po orbitam. (Koran, 21:33); Razve tы ne vidish, chto Allax udlinyayet den za schet nochi i udlinyayet noch za schet dnya, i podchinil solntse i lunu, kotorыe dvijutsya k naznachennomu sroku, i chto Allaxu vedomo o tom, chto vы sovershayete? (Koran, 31:29); On sotvoril nebesa i zemlyu vo istine. On pokrыvayet nochyu den i pokrыvayet dnem noch. On podchinil solntse i lunu. Vse oni dvijutsya k naznachennomu sroku. Voistinu, On – Moguщestvennыy, Vseproщayuщiy. (Koran, 39:5.)

Esli Solntse ne yavlyayetsya prichinoy vozniknoveniya dnya i nochi, to kakovo je yego prednaznacheniye, krome togo, chtobы prosto bыt bolee yarkim svetilom iz dvux? Otvet prost: tsel etix dvux svetil v tom, chtobы lyudi mogli otmeryat po nim vremya i vesti letoschisleniye: On razverzayet [mrak] utrom, nisposыlayet uspokoyeniye nochyu, obraщayet solntse i lunu v sredstvo ischisleniya [dney i mesyatsev]. Takovo ustanovleniye Velikogo, Vseveduщego (Koran, 6:96).”

Qur’onda zulmat va kechaning o‘zaro farqlanishi juda hayratlanarli. Zulmat Yerga bog‘liq emas, biroq kecha va kunduz Yerga, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga bog‘liq. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanmaganida, “kecha” va “kunduz” tushunchalari ham bo‘lmas edi. Kecha va kunduz Yerga taalluqli va biri hisobiga boshqasi tug‘iladi. Yuqorida keltirilgan “On – Tot, Kto sotvoril noch i den, solntse i lunu. Vse plыvut po orbitam (Koran, 21:33.)” va “Solntsu ne nadlejit dogonyat mesyats, i noch ne operedit den, i kajdыy plavayet po svodu (Koran, 36:40.)” oyatlaridan ko‘rinyaptiki, Quyosh ham, Oy ham, kecha va kunduz ham falakda o‘z orbitalari bo‘ylab harakat qiladi. Quyosh va Oyning harakat qilayotganini qadimdanoq kuzatish mumkin bo‘lgan, lekin kecha va kunduz orbita bo‘ylab harakatda ekanini kim va qachon kuzatgan? Bu – Qur’oni karim mo‘jizalaridan ekaniga shubha bo‘lishi mumkinmi?! Mazkur oyat Yerning sharsimon ekani va o‘z o‘qi atrofida bir sutkada bir marta to‘liq aylanib chiqishi, ayni choqda, fazoda ham ma’lum orbita bo‘ylab harakatda ekanini ko‘rga hassadek qilib aytib turibdi-ku! Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida harakatda ekanini bundan ortiq qanday ifodalash mumkin?! Mabodo, Yer Quyosh atrofida aylanadi, deganga o‘xshash oddiy fikr oyat bo‘lib kelganida, “internet-mufassir” va uning maslakdoshlari “Bu fikrga qadimgi yunon olimlarining xulosasi sabab bo‘lgan”, de­yishi aniq edi!

“Avtorы Korana ne chuvstvovali sil­­noy neobxodimosti opisыvat pri­­­­rodu i strukturu Zemli, tak kak yee obi­tateli i tak znali o ney vse, chto im bыlo nujno. Odnako opisaniya Zemli v Korane vse je imeyutsya, i oni mogut privesti k nekotorыm vesma lyubopыtnыm vыvodam.

Prejde vsego, Zemlya v koraniches­koy Vselennoy ploskaya. Dlya opisaniya Zemli avtorы Korana chasto ispolzovali slova “rasprosteret” i “razostlat”. Eti slova arabы ispolzovali v povsednevnoy rechi primenitelno k kovru. Ne udivitelno, chto v Korane imeyutsya sravneniya Zemli s kovrom: Mы prosterli zemlyu, pomestili na ney nezыblemыe gorы i vzrastili na ney v meru vsyakiye veщi. (Koran, 15:19); [On] – tot, kotorыy sdelal zemlyu dlya vas podstilkoy i prolojil dlya vas po ney dorogi, nizvel s neba [dojdevuyu] vodu. I Mы vzrastili blagodarya yey vsevozmojnыe rasteniya. (Koran, 20:53); On sdelal dlya vas zemlyu kolыbelyu i sozdal dlya vas na ney dorogi, chtobы vы mogli sledovat pryamыm putem. (Koran, 43:10); Mы prosterli zemlyu, ustanovili na ney nezыblemыe gorы i vzrastili na ney vsyakiye velikolepnыe parы rasteniy. (Koran, 50:7); Mы razostlali zemlyu, i kak je prekrasno Mы rasstilayem! (Koran, 51:48); On – Tot, Kto rasproster zemlyu, ustanovil na ney nezыblemыe gorы i reki, vzrastil na ney iz raznыx plodov po pare. (Koran, 13:3); On – tot, kotorыy zemlyu sdelal dlya vas kovrom, a nebo – zdaniyem, i nizvel s neba vodu. (Koran, 2:22); Posle etogo On rasproster zemlyu. (Koran, 79:30); Allax sdelal dlya vas zemlyu kovrom. (Koran, 71:19); Razve Mы ne sdelali zemlyu podstilkoy. (Koran, 78:6); Neujeli oni ne vidyat, kak sozdanы verblyudы, {…} kak rasprosterta zemlya? (Koran, 88:17-20); Klyanus zemley i Tem, kto yee proster! (Koran, 91:6.)”

Darvoqe, Qur’oni karimda Yer shakli qanday ifodalangani so‘nggi asrlarda bu kitobning ilohiyligini e’tirofu inkor etuvchilar o‘rtasidagi bahslarda bosh masala bo‘lib turibdi. Men Qur’oni karimning o‘zbekcha tarjimalarini o‘qib va ularni ruscha tarjimalarga qiyoslab, bunday xulosaga keldim. Birinchidan, Qur’oni karimda Yerning shak­li haqida ochiq bir gap aytilmagan. Alloh o‘z oyatlarida “Erni yoyiq qildik”, deya vahiy yuboradi. Biror oyatda Yerni doira shak­lida tekis yaratdik deyilmagan. I.Krachkovskiy ushbu oyatni “…i zemlyu posle etogo raspros­ter” deb, V.Poroxova esa “Potom On zemlyu rasproster”, deya tarjima qilgan. “Raspros­ter” so‘zi o‘zbek tilida keng yozmoq, katta ochmoq, kermoq, yoymoq, tarqatmoq, cho‘zmoq kabi ma’nolarni anglatadi.

O‘zbek tilining izohli lug‘at­larida “yoyiq” so‘zi yassi, yuza kabi ma’nolarni ifodalashi qayd etilganki, ular o‘z ichiga juda ko‘p (uchburchak, to‘rtburchak, cho‘ziq, sharsimon, spiralsimon va hokazo) tushunchalarni olishini unutmaslik darkor. Masalan, shamdan taralayotgan nur (yoyilayotgan, yoyiq) sharsimon bo‘ladi. Ilk tafsirchilar o‘zi uchun qulay bo‘lgan “yoyiq” so‘zini tanlagan. Ehtimol, bu keyingi mufassirlarni “Alloh Yerni doira shaklida tekis yaratdi”, degan xulosaga olib kelgandir?

“Takje Koran otmechayet, chto yesli bы ne gorы – Zemlya bыla bы gorazdo ploщe, chem ona yest: V tot den Mы zastavim dvigatsya gorы, i tы uvidish, chto zemlya stanet ploskoy. Mы soberem ix vsex i nikogo ne upustim” (Koran, 18:47.) Ushbu oyatda Yer faqat bir holda, ya’ni qiyomatda tekis bo‘lishi aniq aytilgan. Yana bir bor “On – Tot, Kto sotvoril noch i den, solntse i lunu. Vse plыvut po orbitam” (Koran, 21:33.) oyatiga murojaat etilsa, Yer sharsimon ekani va o‘z o‘qi hamda Quyosh atrofida harakatlanishi yaqqol ayon bo‘ladi. “Naba’” surasining 6-7-oyatlari I.Krachkovskiy tarjimasida quyidagicha: 6-oyat: “Razve Mы ne sdelali zemlyu podstilkoy”; 7-oyat: “i gorы – oporami”. O‘zbek tilidagi tarjimada 6-oyat: “Biz Yerni to‘shak qilib qo‘ymadikmi?!”; 7-oyat: “Tog‘larni esa (Erni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo‘ymadikmi?!” tarzidadir.

“Opora” va “qoziq” so‘zlari ma’no ji­hatidan farqlanadi. Shu bois o‘zbekcha tarjimada “qoziq” so‘zi oyat ma’nosini to‘liq ang­lata olmagani uchun qavs ichida “Erni tutib turuvchi” degan izoh berilgan. “Opora” – tirgovich, tirgak, tirak, tayanch, suyanchiq, asos, negiz, poy va hokazo ma’nolarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, 7-oyatdan har bir tog‘ Yerning tagida (asosida) turibdi, degan ma’no chiqadi. Aslida insonga tog‘lar osmonni ko‘tarib turgandek ko‘rinadi. Va­holanki, samodan zaminga nazar solgan fazogirlar barcha tog‘lar Yer yuzi aholisiga poy bo‘lib turganini ko‘rgan. Yevroosiyo, Afrika qit’alari tog‘lari Amerika qit’asi odamlari uchun, Amerika tog‘lari esa Yevroosiyo va Afrika qit’alari ahli uchun negiz bo‘lib turibdi.

“Imeetsya odin neyasnыy aspekt v islamskoy kosmologii: Koran upominayet nekiye sem zemel, no ne dayet ob’yasneniy, chto eto takoye (vprochem, nekotorыe predpochitayut videt zdes sloi geo­sferы): Allax – Tot, Kto sotvoril sem nebes i stolko je zemel. (Koran, 65:12.)

Esli s semyu kupolami neba vse ponyatno, to s “semyu zemlyami” – net. Koran lish delayet zamechaniye, chto predmetы mogut “pronikat” kak v nebo, tak i v zemlyu: On – Tot, Kto sotvoril nebesa i zemlyu za shest dney, a zatem voznessya na Tron (ili utverdilsya na Trone). On znayet o tom, chto vxodit v zemlyu, i o tom, chto vыxodit iz nee, o tom, chto nisxodit s neba, i o tom, chto vosxodit tuda. On s vami, gde bы vы ni bыli. Allax vidit vse, chto vы sovershayete. (Koran, 57:4.) Mojno sdelat vыvod, chto eti “sem zemel” predstavlyayut soboy stopku, podobnuyu stopke monet”.

“Internet-mufassir” murojaat qilayot­gan “Allax – Tot, Kto sotvoril sem nebes i stolko je zemel (Koran, 65:12.)” oyatidan ko‘rinib turibdiki, Alloh yetti osmon va yetti yerni yaratgan. Biz yuqorida yetti osmon haqida muayyan xulosaga keldik. Yetti yer deganda esa, ushbu muallif kabi, yetti qavat yerni tushunish, menimcha, nojoiz­dir. Sir emaski, Quyosh sistemasida yaqin-yaqingacha ham planetalar soni to‘qqizta deb kelinar edi. O‘n yilcha bo‘ldiki, Pluton planeta talablariga javob bermaydi, deb topildi va oqibatda sayyoralar soni bittaga kamaydi. Ushbu sakkiz planetadan Quyoshga eng yaqin joylashgani – Merkuriydir. U qachon planetaga aylangani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Planetalarning paydo bo‘lishiga doir asosiy gipoteza – nebulyar gipotezadir. XIX asrdan buyon Merkuriy bir vaqtlar Veneraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan va ke­yinchalik uni Quyosh tortib olgan degan faraz mavjud. 1976 yili T. van Flandern va K.Harrington matematik hisob-kitoblar orqali ushbu faraz asosli ekanini isbotladi. Shu tariqa, hozir yettita planeta mavjudligi ayon bo‘lib turibdi. Allohning yetti yer haqidagi oyati ana shu yetti planetadir, desak mantiqqa zid bo‘lmas.

Qolaversa, Qur’onning “Allax – Tot, Kto sotvoril sem nebes i stolko je zemel (Koran, 65:12.)” oyatida falakda shart-sharoiti, jonzotlari, o‘simlik dunyosi va hokazosi Yerga monand sayyoradan yettitasi yaratilganiga ishora bordir, ehtimol. U holda biz olamda o‘zimiznikidan tashqari yana oltita “Er”da hayot bor degan farazga kelishimiz mumkin. Insoniyat vaqt-soati yetib ularni kashf etishga muyassar bo‘lar balki.

“On sotvoril ix semyu nebesami za dva dnya i vnushil kajdomu nebu yego obyazannosti. Mы ukrasili nijnee nebo svetilnikami i oberegayem yego (ili dlya obereganiya yego). Takovo predopredeleniye Moguщestvennogo, Znayuщego”. (Koran, 41:12.) Avtoritetnыy sredi musulman Tafsir ibn Kasira raskrыvayet znacheniye ayata tem je obrazom: V rassmatrivayemom ayate [41:9-12] soderjitsya dokazatelstvo togo, chto Allax nachal tvoreniye s zemli, posle zaversheniya yee tvoreniya On sotvoril sem nebes. Takoye mojno nablyudat pri stroitelstve zdaniya, postroyka nachinayetsya snizu vverx. Ob etom govorili kommentatorы, o chem mы raz’yasnim pozje po vole Allaxa”.

Yuqoridagi oyatlar asosida Alloh avval osmonni, so‘ngra Yerni yaratgan degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, ayni choqda, Qur’onning 41:9-12-oyatlari xulosasini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar ana shu oyatlarni inobatga olsak va Yer ham osmonning bo‘lagi ekanini nazarda tutsak, osmon va Yer bir vaqtda barpo etilavergan, lekin osmon ikki kunda barpo qilib bo‘lingan, Yerni barpo qilishga esa yana to‘rt kun kerak bo‘lgan, degan xulosaga kelamiz…

Rivoyat qilishlaricha, bir shayx asr namozi oldidan g‘usl qilib, tahorat olish uchun hovlisi etagidan oqib o‘tuvchi daryo sari yo‘l olibdi. U yo‘l-yo‘lakay qozonga yog‘ quyib, kechki ovqatga unnayotgan xotiniga bir-ikki tanbeh berib o‘tibdi. Daryo qirg‘og‘ida suvga tushmoq uchun yechinar ekan, osmonu falakka, tevarak-atrofga razm solib, “Nahotki, Alloh shunday muazzam olamni olti kunda yaratgan bo‘lsa?” degan shubhani ko‘nglidan o‘tkazibdi. So‘ngra shayx daryoga sho‘ng‘ibdi-da, g‘usl olib chiqib, o‘ziga boqsa, uzun qop-qora sochli, o‘n sakkiz yashar go‘zal qizga aylanib qolganmish. U o‘zining shu holidan qo‘rquvga tushib, avratlarini qanday yashirishni bilmay lol turganida, bir badaviy chavandoz kelib qolibdi-yu, qizni yerdan dast ko‘tarib, tizzasiga o‘tqazgancha tulporini choptirib ketibdi va uni o‘ziga kenja xotin qilib olibdi. Shayx badaviy bilan 30 yil yashabdi, undan 9 farzand ko‘ribdi. Badaviy har kun zulm qilavergach, ayol siymosidagi shayx axiyri jonidan to‘yibdi-da, shu yaqindan oqib o‘tuvchi daryoga o‘zini tashlabdi. Biroq jon shirin emasmi, nafasi obdon bo‘g‘ilgach, tipirchilab suv yuziga chiqibdiyu u yoq-bu yoqqa alanglab, g‘usl olmoq uchun daryoga sho‘ng‘igan joyidan chiqib qolganini anglabdi. Asliga qaytgan shayx apil-tapil tahorat olib, kiyim-boshini kiyib, sallasini o‘rab, uyi sari ravona bo‘libdi, qarasa, xotini qozonga solgan yog‘ini haliyam qizdirib ulgurmagan ekan…

Qissadan hissa shuki, har ne bo‘lganda ham, shayx holiga tushmaslik chorasini ko‘rgan ma’qul…

Tafakkur jurnali, 2014 yil 3-soni