Do‘stlik kutubxonasi. Proza (1979-1989)

Paul Kuusberg. Andres fojiaci: Roman / Ruschadan M. Mirzoidov tarjimasi; Redkollegiya: …K. Yashin (rahbari). — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Eston yozuvchisi Paul Kuusbergning «Andres fojiasi» romani avtomobil halokati bilan boshlanadi. Bu halokatning aybdori kombinat direktori Andres Lapeteus. Andres urib yuborgan mashinada uning xotini va do‘sti bo‘ladi.
Biroq roman oldi-qochdilardan iborat emas. Kitobda avtomobil halokati bilan birga xudbin Lapeteusning fojiasi ham hikoya qilinadi. Lapeteus o‘z mavqeini saqlab qolish uchun haqiqiy muhabbatidan voz kechadi, sevgilisidan yuz o‘giradi, o‘rtoqlaridan tonadi.
Bu roman insonparvarlikka, haqgo‘ylikka va olihimmatlikka chaqiradi.


Akram Aylisli. Madina amma ertaklari: Qissalar [Ruschadan Nodir Normatov, Gavhar Normatova va Shoir Usmonxo‘jayev tarj.]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Akram Aylislining ushbu kitobga kiritilgan qissalarining bari qalbi beg‘ubor, soddadil qishloqi bola tilidan hikoya qilinadi. Go‘daklik chog‘idayoq onadan yetim qolgan Sodiq Madina ammasining qo‘lida tarbiya ko‘radi. U yaxshilik va yomonlikni, ezgulik va qusurni chuqur his etadi.
Muallif o‘z o‘lkasining odamlarini nihoyatda sevadi, ular haqida iliq bir yumor va zo‘r samimiyat bilan hikoya qiladi.


Yuriy Bondarev. Sohil: Roman / Redkol.: B. Boyqobilov va boshq.; E. Nosirov tarjimasi. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Kitobxonlar diqqatiga havola qilinayotgan mazkur asar sovet ziyolilari hayotiga bag‘ishlangan. Romanning asosiy qahramoni mashhur sovet yozuvchisidir.
Asar to‘qimasiga Ikkinchi jahon urushining so‘nggi kunlaridagi voqea ham singdirib boriladi. Muallif teran falsafiy mushoxadalar orqali inson baxti, shaxs va jamiyat munosabatlari, har bir odam o‘z “sohiliga” erishishida uning ma’naviy qiyofasi asosiy mezon ekanligi haqida fikr yuritadi.
Yuriy Bondarev ushbu romani uchun 1977 yili SSSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.


Boris Polevoy. Nyurnberg qasosi: Nyurnberg kundaliklari (Redkol. B. Boyqobilov, Hamid G‘ulom, K. Yashin va boshq.; Mixli Safarov – tarj.). — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Ikkinchi jahon urushining bosh harbiy jinoyatchilari— gitlerchi fashist qo‘mondonlar ustidan uyushtirilgan Xalqaro Nyurnberg sud protsessida atoqli sovet yozuvchisi Boris Nikolayevich Polevoy “Pravda” gazetasining muxbiri sifatida qatnashgan edi. To‘qqiz oy qizg‘in davom etgan ana shu ulug‘ sud zalidan yozuvchi gazetaga talay ajoyib ocherklar va maqolalar yozdi. Bundan tashqari u sud ishini kundalik daftarida ham aks ettirib bordi. Qo‘lingizdagi ushbu kitob yozuvchining kundaliklari manbaida tug‘ilgan.


Mustay Karim. Bolalik yillarim: Qissa / Ruschadan O. Yoqubov va U. Ustimov tarjimasi. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979 — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

O‘zbek kitobxonlari taniqli boshqird shoiri, SSSR Davlt mukofoti laureati Mustay Karimning ko‘plab she’rlari, «Oy tutilgan tunda», «Oygul diyori» singari asarlari bilan yaxshi tanish. Adib so‘nggi yillarda o‘zining kechgan hayot yo‘liga nazar tashlab, «Bolalik yillarim» degan qissa yozdi. Biz shoirona kayfiyatda yozilgan bu qissani kitobxon diqqatiga havola qilyapmiz.


Hasan Irfon. Kosiblar kulbasida: Roman / Ruschadan S. Rahim va A. Ahmedov tarjimasi. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Tojik adibi Hasan Irfon ijodi bilan o‘zbek o‘quvchilari ilk marta tanishadilar. Adibning mazkur asari yana bir jihatdan diqqatga sazovor. Unda qadimiy Samarqand to‘g‘risida so‘z yuritiladi, o‘zbek va tojik hunarmandlarnning azaliy do‘stligi haqida hikoya qilinadi.


Albert Lixanov. Toshqin: Qissalar. Tarj. S. Azimova. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Lenin komsomoli mukofoti laureati, taniqli rus yozuvchisi Albert Lixanov bolalar va o‘smirlar hayotini samimiy hikoya qiluvchi asarlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish. Adib har bir yangi asorida jiddiy ijtimoiy va axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi.
Mazkur kitobga A. Lixanovning “Aldov”, “Quyosh tutilishi” va “Toshqin” qissalari kiritildi.


To‘lagan Qosimbekov. Singan qilich: Tarixiy roman. (Redkol.: B. Boyqobilov va [boshq.]; Tursunboy Adashboyev erkin tarjimasi; Taqrizchi Zuhriddin Isomiddinov. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi.)


Mar Boyjiyev. Mening oltin baliqcham: Hikoya va qissalar / Redkol. B. Boyqobilov va boshq; Ruschadan H. Ro‘zimatov tarjimasi. — Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Iste’dodli qirg‘iz yozuvchisi Mar Boyjiyevning qissa va hikoyalarida ajib bir sehr bor. Bu sehr adib asarlarining hayotiyligida, samimiyligida, nozik bir yumor bilan sug‘orilganidadir.
M. Boyjiyev o‘z qahramonlarini hayotning ravon, tekis yo‘llaridan olib yurmaydi, aksincha, ularni mushkul sharoitlarda, turli xil situatsiyalarda tasvirlashni yoqtiradi. Natijada yozuvchi asarlarining realistik ruhi yanada kuchayib, o‘quvchi qalbida aks sado beradi.


Ion Drutse. Kech kuz: Qissalar / Redkol.: B. Boykobilov va boshq.; Ruschadan M. Ahmedov tarjimasi — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi.)

Atoqli moldavan yozuvchisi Ion Drutsening ushbu kitobiga «Kech kuz» va «Asliga qaytish» qissalari kiritildi.
«Kech kuz» qissasida qadrdon o‘lka va shu o‘lkada yashovchi kishilar haqida, mehnat xirmonini ko‘tarish, mehmondorchilik va to‘ylar mavsumi bo‘lmish kech kuz to‘g‘risida zo‘r samimiyat bilan hikoya qilinadi.
«Asliga qaytish» qissasida esa Lev Nikolayevich Tolstoy umrining so‘nggi kunlarida sodir bo‘lgan voqealar o‘z badiiy ifodasini topgan.


Galina Serebryakova. Prometey: Romantik trilogiya / Redkol.: K. Yashin (Redkol. rahbari va [boshq.]; X. Muhammadxonov tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

“Prometey” trilogiyasi atoqli rus adibi G. Serebryakova ijodining cho‘qqisidir. Bu yirik epopeyada ilmiy kommunizm nazariyasining asoschisi, proletariat dohiysi Karl Marksning hayoti tasvirlangan.
Trilogiyaning birinchi va ikkinchi kitoblari «Marksning yoshligi» va “Buyuk olovbardor” romanlari ilgari nashriyotimizda chop etilgan edi.
«Hayot cho‘qqilari» romani ushbu trilogiyaning so‘nggi kitobidir.


Boris Vasilev. Tonglar edi sokin 6u yerda… Povest. Ro‘yxatlarda yo‘q edi nomi: Roman. / H. Ibrohimov, E. Musayev tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Taniqli rus yozuvchisi Boris Vasilevning ko‘pgina asarlarida yoshlarning Ulug‘ Vatan urushi yillari ko‘rsatgan qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.
«Tonglar edi sokin bu yerda…» povestida oddiy qizlarning jasorati tasvirlansa, «Ro‘yxatlarda yo‘q edi nomi» romani Brest qal’asi himoyachilarining mislsiz qahramonliklariga bag‘ishlangan.


Yillar va yo‘llar: Tatar yozuvchilarining hikoyalari / Tahrir hay’ati K. Yashin (Redkollegiya rahbari); To‘plovchi L. Hamidullin; Tatarchadan X. Ergashev tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981 — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Mazkur kitob qardosh tatar yozuvchilarining turli yillarda yaratgan sara hikoyalaridan tarkib topdi. To‘plamga “Yillar va yo‘llar” deb nom berildi.


Axiyor Hakimov. Oqsoq bo‘ri: Qissalar / Redkol.: S. O. Azimov va boshq; Ruschadan O. Yoqubov va T. Malik tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. — (Do‘stlik kutubxonasi; SSSR xalqlari prozasi.)

Tanichli boshqird yozuvchisi Axiyor Hakimovning ushbu kitobiga adibning «Poyga», «Oqsoq bo‘ri» va «Shu’lalar» degan qissalari kiritilgan. Har uchchala qissada Sovet xalqlari farzandlarining, shu jumladan boshqird xalqi farzandlarining Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan jonbozliklari, fashist bosqinchilarga qarshi olib borgan qahramonona kurashi aks ettirilgan.


Georgiy Markov. Sibir: Roman. 2 kitobdan iborat. (Redkol.: S. O. Azimov va [boshq.]; So‘zboshi S. Azimov; H. To‘rabekov tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi.)

«Sibir» romanidagi voqealar goh Sibirda, goh Petrogradda, goh Stokgolmda sodir bo‘ladi. O‘tkir syujetli bu asarning qahramonlari bolsheviklar, Sibir boyliklarini kashf etgan olimlar, oddiy ishchi va dehqonlardir. Asarda suronli davr yaqinlashib kelayotgani yaqqol sezilib turadi.
Sotsialistik Mehnat Qahramoni Georgiy Mokeevich Markov «Sibir» romani uchun 1976 yili Lenin mukofoti bilan taqdirlangan.


Anatoliy Ivanov. Soyalar choshgohda yo‘qoladi: Roman / [Redkol.: S. O. Azimov va [boshq.]; X. Ahrorova tarj.]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. — (Do‘stlik kutubxonasi, SSSR xalqlari prozasi).

Ko‘pchilik manfaati deb jonidan judo bo‘lib, ko‘zlari pichoq bilan o‘yilgan Marya ham, shaxsiy xusumat tufayli Zaxar Bolshakovni baxtidan ayirgan Frol Kurganov ham, Sovet tuzumini jinidan battar yomon ko‘rgan Ustin Morozovning o‘z o‘g‘lini o‘ldirish darajasiga yetib borishi ham hayotning ishonchli lavhalaridir. Asar qahramonlari o‘zlarining maqsad va intilishlariga ko‘ra ikki asosiy guruhga ajraladilar va o‘zaro kurashadilar. Qahramonlar xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin, asarda o‘z o‘rniga ega. Yozuvchi Anatoliy Ivanovning “Soyalar choshgohda yo‘qoladi” asarida ana shunday odamlar to‘g‘risida hikoya qilinadi.


Ivan Stadnyuk. Urush: Roman / [Redkol.: S. O. Azimov va boshq.]; E. Nosirov tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Ivan Stadnyukning ushbu “Urush” romanida Ikkinchi jahon urushining birinchi kunlari, mamlakat g‘arbiy chegaralaridagi fojia, sovet jangchilarining qahramonligi va Oliy Bosh qo‘mondonlik qarorgohidagi vaziyat haqida hikoya qilinadi.


Qurbondurdi Qurbonsohatov. To‘yli Mergan: Roman (Redkol.: S. O. Azimov va boshq.) Ruschadan H. Mansurova tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Turkman yozuvchisi Qurbondurdi Qurbonsohatovning «To‘yli Mergan» romanida hozirgi kun turkman qishlog‘i to‘g‘risida, paxtakorlarning fidokorona mehnati haqida hikoya qilinadi.
70-yillarda qishloqda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Endi eskicha uslub bilan ishlab bo‘lmasdi. Shu asosda yozuvchi ilg‘or va qoloq, halol va nopok odamlar orasidagi to‘qnashuvlarni zo‘r mahorat bilan tasvirlab bera olgan.


Vladimir Sangi. Kevonglar uylanishi: Roman / Redkol.: S. O. Azimov va [boshq.]; S. Musayev, E. Azimov tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Taniqli nivx yozuvchisi Vladimir Sangining ushbu romanida revolyutsiyadan oldingi Uzoq Shimolda yashagan elatlarning fojiaviy hayoti, kapitalistik munosabatlar ta’sirida ko‘plab urug‘, qabilalar yo‘q bo‘lib ketishi haqida hikoya qilinadi.


Vladimir Tendryakov. Mushkul vazifa: Povest / Redkol.: S. O. Azimov va boshq.; Sh. Usmonxo‘jayev tarj. — 2-chi nashri. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi)

Talantli sovet adibi Vladimir Tendryakovning mazkur asari zamondoshlarimiz, ularning mehnati, hayot so‘qmoqlari, qiyinchiliklarni bosib o‘tishlari haqida hikoya qiladi. Muallif voqea davomida asar qahramonlarining ichki dunyosini, xarakterini zo‘r mahorat bilan ochib beradi.
Asar qahramoni Sasha Komelov katta turmush sinovlariga duch keladi va kommunist Ignat Gmizin yordamida hayotning mohiyatini anglab oladi…


Fazu Aliyeva. Taqdir. Buloqboshi: Povestlar / [Redkol.: S. O. Azimov va boshq; Ruschadan J. Umarova va Sh. Yusupova tarj.]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Mashhur avar adibasi Fazu Aliyevaning ushbu povestlarida oddiy ayolning taqdiri, uning muhabbati, oila va jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida hikoya qilinadi. Bu asarlarda adiba o‘z qahramonlariga nisbatan ulkan muhabbat, qadrdon o‘lka, uning odamlarini tasvirlashda chuqur samimiyat namoyish eta bilgan.


Valentin Ovechkin. Sertashvish bahor: Ocherklar / [Redkol.: S. O. Azimov va boshq.; M. Normatov tarj.] — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Martinov, Borzov, Maria Sergeevna, Dolgushin, Medvedev va boshqalar fe’l-atvorlari, maqsadlari jihatidan turli-tuman obrazlardir. Ularning o‘earo bahslari, ziddiyatlari, istak-orzulari, intilishlari V. Ovechkinning «Sertashvnsh bahor» ocherklari to‘plamida o‘z ifodasini topgan.


Vladimir Kanivets. Ulyanovlar: Tarixiy roman / [Redkol.: S. O. Azimov va boshq.]; Ruschadan Ozod Sharafiddinov tarjimasi]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

V. Kanivets — Vladimir Ilich Lenin va Aleksandr Ilich Ulyanov haqida yozilgan bir qator asarlarning muallifidir.
Yozuvchi Ulyanovlar oilasi haqida hikoya qiluvchi ushbu romanida o‘tgan asrning 70 — 80-yillar revolyutsion harakati tarixida Aleksandr Ulyanovning dunyoga kelishidan tortib to fojiaviy halok bo‘lguniga qadar bosib o‘tgan hayot yo‘lnni bayon qilgan.
Muallif ushbu asari uchun T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina SSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Valentin Rasputin. Omon bo‘lsang, unutma; So‘nggi muhlat: Povestlar (Redkol.: S. Azimov va boshq.: S. Rahim tarj.). — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi.)

Valentin Rasputin hozirgi zamon rus prozasining peshqadam vakillaridan biridir. Adibning barcha asarlari keng kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olindi.
«Omon bo‘lsang, unutma» povestida V. Rasputin oddiy qishloq ayolining ablah eri tufayli qanday fojiaga uchrashini tasvirlasa, «So‘nggi muhlat» povestida u insoniy burch, oqibat va sadoqat to‘g‘risida fikr yuritadi.


Valentin Katayev. Davr olg‘a bos! Roman-xronika / H. Jalolov tarj.; Redkol.: S. Azimov va boshq.]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.

Valentin Katayevning “Davr, olg‘a-bos!” asari rus klassikasining ajoyib durdonalaridan biridir. Dastlabki besh yilliklar haqida hikoya qiluvchi ushbu roman-xronikada adib Magnitka quruvchilarining benazir fidoyiliklarini tasvirlash orqali vatanparvarlik, internatsionalizm, ona-Vatanga sadoqat g‘oyalarini mohirona tarannum etgan.


Ziyo Samadiy. Yillar siri: Roman / Redkol. U. Umarbekov va boshq.; Uyg‘urchadan A. Vahobov, M. A’zamova tarjimasi. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.

Uyg‘ur adibi Ziyo Samadiyning ikki kitobdan iborat ushbu «Yillar siri» romani Shinjon xalqining hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, asarda 1931—1934 yillardagi milliy ozodlik harakati tasvirlangan. Muallif qalamga olingan murakkab davr ziddiyatlari — Xo‘janiyoz boshchiligidagi Qumul dehqonlarining gomindonchilarga qarshi olib borgan qahramonona kurashlarini badiiy aks ettirishga intiladi.


Chabua Amirejibi. Data Tutashxia: roman. (Redkol.: O‘. Umarbekov va [boshq.]; ruschadan E. Usmonov tarjimasi; — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi.)


Yulian Semyonov. TASS ma’lum qiladiki… Povest. / Ruschadan Muzaffar tarj. / [Redkol.: U. Umarbekov va boshq.]. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. — (Do‘stlik kutubxonasi. SSSR xalqlari prozasi).

Yulian Semyonovning nomi kitobxonlarga «Alternativa» turkumiga kiruvchi «Bahorning o‘n yetti lahzasi», «Proletar diktaturasi uchun briliantlar», «Bahorgi muz ustida», «Yashashing shart», «Yuzma-yuz» kabi qator siyosiy roman va qissalari orqali yaxshi tanish.
… Sovet xavfsizlik organiga chet elda xor-zor, darbadar yurgan rus muhojiridan maktub keladi. Unda Moskvadagi maxfiy institutlardan birida ish ko‘rayotgan Markaziy Razvedka Boshqarmasining‘ agenti ma’lum qilingan edi. Sovet kontrrazvedkachilarining olib borgan mashaqqatli izlanishlari natijasida agent fosh etiladi. Afrika davlatlaridan birining daxlsizligiga qaratilgan tajovuz barbod bo‘ladi. «TASS ma’lum qiladiki…» asarida ana shular haqida qiziqarli hikoya qilinadi.