Barot Boyqobilov (1937-2006)

Barot Boyqobilov 1937 yil 14 martda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Kenagas qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1997). SamDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1962). «Samarqand satrlari» (1962), «Visol» (1965), «Seni izlayman» (1968), «Samarqand ushshog‘i» (1969), «Afrosiyob» (1970), «Sonetlar» (1982), «Kim sokin yashaydi davomi…

Gulchehra Jo‘rayeva (1937)

Gulchexra Jo‘rayeva 1937 yil 1 fevralda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1992). ToshDUning jurnalistika bo‘limini tamomlagan (1954—59). Ijodi 50-yillardan boshlangan. Dastlabki she’riy kitobi — «Baxtim borki…» (1961). «Gul shaydosi» (1969), «Bog‘imda bahor» (1968), «Hayajon» (1971), davomi…

Ma’ruf Jalil (1936-2004)

Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba shaharchasida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1966). «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o‘ylab» (1973), «Notanish yo‘llar» (1976), «Qo‘shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), davomi…

Erkin Samandar (1935-2024)

Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazm Davlat pedagogika oliy bilimgohini tugatgan. Xorazm viloyatining nohiya ro‘znomalarida, «Xorazm haqiqati» ro‘znomasida, «Yoshlik» hamda O‘zbekiston radiotelevideniyesi adabiy-dramatik ko‘rsatuvlari bo‘lim boshlig‘i, Respublika Vazirlar mahkamasi raisnning o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi. davomi…

Oxunjon Hakim (1935)

Oxunjon Hakim 1935 yil 20 fevralda Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2006). Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1956). «Dostonlar» (1970), «Ko‘llarim ko‘ksimda» (1976), «Tafakkur boqiy» (1982), «Vatan qasidasi» (1984), «O‘shal kun kelur» davomi…