Faxriyor (1963)

Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963 yilda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati, Xatirchi tumanidagi Sangijumon qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1988). «Dardning shakli» (1987), «Ayolg‘u» (2000), «Geometrik bahor» (2004) she’riy to‘plamlari, «Yangilanish an’analari» (1998) publitsistik maqolalar to‘plami nashr etilgan. davomi…

Bahrom Ro‘zimuhammad (1961)

Bahrom Ro‘zimuhammad 1961 yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Tovushsiz qadam» (1987), «Terakka yakin yulduz» (1989), «Ikki nur» (1994), «Davsaman» (1995), «Tinch gullaydigan daraxt» (1997), «Kunduz sarhadlari» (1999), «Soyalar suhbati» (2006) kabi she’riy to‘plamlar muallifi. davomi…

Aziz Said (1961)

Aziz Said 1961 yil, 25 sentyabrda Dushanbe shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tutatgan (1984). «Chiltor» (1988), «Dili qani Bedilning» (1996), «G‘oyibdan do‘st bilan suhbatlar» (2001), «Fursat darvozasi» (2007) nomli she’riy kitoblar muallifi. U. Uitmenning «Maysa yaproqlari», N. Hikmatning «Yusuf va davomi…

Eshqobil Shukur (1961)

Eshqobil Shukur 1961 yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari davomi…

Halima Ahmedova (1960)

Halima Ahmedova 1960 yilda Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyatining Qiziltepa tumanidagi Po‘loti qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1983). Birinchi she’riy to‘plami — «Ko‘zimning tili» (1986). Shundan so‘ng shoiraning «Tungi marvaridgullar» (1987), «Erk darichasi (1996), «Tiyramox» (2005) kabi she’riy to‘plamlari nashr davomi…

A’zam O‘ktam (1960-2002)

A’zam O‘ktam (A’zam Xudoyberdiyev) 1960 yil 4 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan (1985). «Kuzda kulgan chechaklar» (1989), «Kuzatish» (1990), «Ziyorat» (1992), «Taraddud» (1993), «Ikki dunyo saodati» (1998), «Qirqinchi bahor» (2000) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Bola davomi…

Ravshan Fayz (1959-1995)

Ravshan Fayz 1959 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Ko‘ralos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1986). «Uxlayotgan odam» (1989), «Tashrif» (1990), «Kel, ey ko‘nglim» (1997) kabi asarlari nashr etilgan. «Men shamolni tutvoldim» (1992) she’riy to‘plami bolalarga bag‘ishlangan. davomi…