Yahudiylar o‘z tarixlarini qachondan yoza boshlaganlar?

Suriya va Falastinda kuchli davlat hali vujudga kelmagan edi, shu bois ko‘chmanchi guruhlar ularning hududlarida o‘troq bo‘lib qoldi. Bu ko‘chmanchilar orasida yahudiylar ham bo‘lib, ular haqida bizgacha eng ko‘p ma’lumotlar yetib kelgan.

Yahudiylar o‘z xudolari Yaxve boshqa barcha xudolardan qudratliroq, ekanligiga ishonishardi. Ular boshqa xudolarga nafrat bilan qarashar va, hatto, ularning mavjudligiga shubha ham qilishardi. Eramizdan avvalgi 8 asrdan boshlab ular o‘z tarixlarini hamda o‘z qonunlarini bita boshlaganlar. Ularning kitoblari saqlanib qolgan, ayrimlari nasroniylarning Yangi Ahdiga ham kiritilgan. Monoteizm — yakka xudoga e’tiqod qilishning yuzaga kelishi insoniyat tarixida katta rol o‘ynadi — keyinchalik paydo bo‘lgan nasroniylik, buddaviylik va islom dini ham yagona Xudoga e’tiqod qilishga asoslangan.

Yahudiylar bu viloyatdagi odamlardan o‘z dinlaridan boshqa hech narsa bilan ajralib turishmasdi. Ular dehqonchilik bilan shug‘ullanishar, qishloqlarda hamda devor bilan o‘ralgan shaharlarda istiqomat qilishar, ayni mahalda sabotli jangchilar edilar: Kanonga kelib, falastinlarni hamda kanoniylarni yengganlar.

Yahudiylar tarixida Dovud va Sulaymon hukmronligi davri (eramizdan avvalgi 1000—926 yillar) eng muhim davr bo‘lgan. Bu vaqtda ularning mamlakati poytaxti Quddus bo‘lgan Yahudo — yagona podsholikka kirardi. Dovud shaharni egallab, istehkomlarni qayta qurdiradi, Sulaymonga esa finikiyalik ustalar g‘aroyib ma’bad va saroy qurib berishadi.

926 yilda podsholik Isroil (shimol) va Yahudo(janub)ga ajraladi. Isroil shohi Omri Samariyada o‘ziga yangi poytaxt bunyod etadi, u yerga go‘zal saroy qurdiradi. Keyinchalik Isroil Asduriyaning chet hududi bo‘lib qoladi, eramizdan avvalgi 594 yilda esa bobilliklar quddus shahrini bosib olishadi hamda podsho va mahalliy ayonlarni asir olib ketishadi.