Tirik mavjudotlar o‘zlarining yashashi uchun kerak bo‘lgan sezgilarga ega bo‘lishi va uni rivojlantirishga moyildirlar. Qushlar uchun hid bilish muhimmi? Bizningcha muhim emas, chunki unga hech qaysi bir qush ega emas.
Qushlar uchun qanday sezgilar zarur? Ularning miyasining asosiy qismi va asab sistemasi ko‘rish, muvozanat saqlab turish a’zolari bilan uzviy bog‘langan, chunki bu parvoz qilishi uchun kerak. O‘tkir nigoh uchar hayvonlar uchun benihoya muhimdir, shu bois qushlarning nigohi juda o‘tkir.
Odatda, ularning ko‘rish burchagi keng. Har bir ko‘zi qush tanasining ma’lum bir burchagini ko‘radi va atrof-olamning — chap yoki o‘ng tomonidagi o‘sha qismini ko‘radi. Shundan ayonki, ikki ko‘z juda keng manzarani qamrab oladi.
Qushlarning rang tanlash qobiliyati odamlarnikiga sal-pal o‘xshab ketadi. Tungi qushlarning qorachig‘i katta bo‘ladi. Bu xil ko‘zlar (masalan, boyqushlar oilasi) qorong‘ilikda eng yuqori darajada nurni to‘play oladi.
Qushlarning eshitish, kenglikda yo‘nala olish qobiliyati juda taraqqiy etgan. Mana shu sezgi a’zolari qulog‘ida joylashgan. Ko‘p qushlar his etish qobiliyatiga ega. Ular o‘ziga zarur ovqatni shu yo‘sinda topadilar.
Qushlarning ko‘p harakatini biz tug‘ma instinktlar deb ataymiz. Qushlar hayot uchun nima kerakligini deyarli bilgan holda dunyoga keladi. Ularning boshqa narsalarni bilishga hojati yo‘q.