Morena nima?

Daryo singari muzlik ham asta-sekin tog‘lardan oqib tusha boshlaydi. U o‘z harakati davomida ko‘plab toshlarni joyidan qo‘zg‘atib, pastga dumalatadi. U bilan birga dumalayotgan toshlar yo silliqlanadi, yo boshqalariga urinib sinadi va ulardan morena (muzliklar bilan birga ko‘chadigan tog‘ jinslari uyumi) hosil bo‘ladi.

Muzlik o‘z og‘irligi bilan tuproqni ezib, ishdan chiqaradi. U pastga siljiyotganda qoyalarni buzib, katta-katta toshlarni dumalatadi. Bu toshlar tog‘ etagida to‘planib qoladi va muzlikning harakat yo‘lini to‘sib quyadi. Ba’zida bunday toshlar to‘plami erigan suv oqimi yo‘lini ham bo‘g‘adi va o‘sha yerda ko‘l hosil bo‘ladi. Bunga o‘xshash ko‘llarning aksariyati Finlandiyada joylashgan. Ular morena ko‘llari deb ataladi. Finlandiyadagi bunday ko‘llar u yerni bir zamonlar qoplagan ko‘hna muzliklar o‘rnida paydo bo‘lgan.