Monarxiya respublikadan nimasi bilan farq qiladi?

1650 yilga kelib Yevropa yosh milliy davlatlardan tarkib topgan edi. Bu davlatlarning har biri hokimiyat va yer uchun da’vogar edi. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida mutlaq monarxlar, mutlaq hukmdorlar paydo bo‘la boshladi.

Mutlaq hokim degani, ya’ni Absolyut monarx davlatga yakka o‘zi, aristokratlar, oliy tabaqa a’zolari bilan hokimiyatni taqsim etmasdan hukmronlik qilardi.

Hokimi mutlaqlikning eng yorqin timsoli sifatida frantsuz qiroli Lyudovik 14 ni ko‘rsatish mumkin.

U besh yoshida qirollik taxtiga o‘tirdi. U ulg‘ayib voyaga yetguncha uning onasi hukumatni idora qilarkan, hokimiyat istagidagi aristokratlar bilan muttasil kurash olib bordi. Voyaga yetgach Lyudovik mamlakatni o‘zi idora qilishini e’lon qildi. «Davlat — bu men» degan ibora aynan unga tegishlidir.

Yosh qirol o‘zining maslahatchilarini shaxsan o‘zi tanlar va har kuni ertalab ular bilan eng muhim masalalarni muhokama etardi. Uzoq davom etgan qirollik davri mobaynidan u to keksayguncha sutkaning 12 soati davomida muttasil mehnat qilgan. 1789 yilning yozida Bosh shtatlar Milliy majlisga aylantirilib, qirol hokimiyati doirasini cheklashni talab qilib o‘z faoliyatini boshladi. Lyudovik 14 ularning talabiga qo‘shilmagan edi: shu bois uni hibsga olib Parijga keltirdilar. Vaqt o‘tib borar, qirol esa hali ham rozilik bermasdi. Nihoyat 1792 yilda olomon Lyudovik yashab turgan Tyuilri qasrini hujum bilan ishg‘ol qildi. Olomonning qahridan qo‘rqqan Milliy majlis qirolni sud hukmiga topshirishga va 1793 yil qatl etishga qaror qildi.

Tinch aholining noroziliklari behuda ketdi. Endi Frantsiyani Ijtimoiy qutqaruv Komiteti boshqarardi, adolat borasidagi masalalarni esa Inqilobiy tribunal hal etardi.

O‘ta qat’iy aqidalarga amal qiluvchi, ya’ni hamma narsani mutlaqo o‘zgartirishni xohlovchi inqilobchilarni yakobinchilar deb atashardi. Ular hatto yangi kalendar ham o‘ylab topishgan bo‘lib, unda yil hisobi 1792 yildan, ya’ni Respublika tashkil etilgan birinchi yildan boshlanardi.