Juda uzoq muddat, ya’ni naqd 13 asr mobaynida xalqlar mo‘g‘ullardan qo‘rqib yashaganlar.
Mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoning suronli va hadsiz cho‘lu biyobonlarida istiqomat qiluvchi ko‘chmanchi xalq bo‘lgan. Ular o‘zlarining sonsiz sanoqsiz podalari va qo‘y otarlari uchun yem-xashak qidirib Mo‘g‘ulistondan to Dunay bo‘ylarigacha bo‘lgan hududda ko‘chmanchilik qilib kun kechirganlar. O‘tgan asrlar davomida ular nisbatan o‘troq turmush tarziga ega juda ko‘p xalqlar bilan urush qilganlar. Ammo ular ko‘proq o‘zaro urushganlar. Sababi turli tuman mo‘g‘ul urug‘lari, qabilalari o‘zining boshqalardan ustun ekanligini isbotlashga jon-jahdi bilan intilgan.
Mo‘g‘ullar jangda hech qachon asir olmaganlar, ular o‘zlariga qarshi har qanday dushmanni g‘orat aylab, kun-payakun etganlar. Bu esa o‘sha davr solnomachilarini dahshatga solgan. Shu bois tarixchilar ularni o‘z asarlarida insoniylik xislatlaridan mahrum, qirg‘inlardan, vayronagarchilikdan zavqu shavqqa to‘luvchi qonxo‘r mahluqlar sifatida tasvirlashgan.