Sizga ma’lumki, Yer yuzasining 72 foizi suv bilan qoplangan. Bundan tashqari, irmoqchalar, daryolar, ko‘llar va kanal — yoblar ham bor.
Suv hamisha yuqoridan pastga, masalan, tog‘lardan tekisliklarga qarab oqadi. Tog‘larda jala quyganda, suv yerga oqib tushadi yoki daraxtlarning yaproqlaridan pastga dumalaydi.
Suvning ma’lum bir qismi jaladan so‘ng yerga singadi va yer osti suvlarini hosil qiladi. Shuning uchun ham katta yerto‘la yoki mashinalar uchun yer osti suvlari sathi o‘rganiladi.
Suvning singmay holgan qismi yer yuzasi bo‘ylab pastga oqib tusha boshlaydi va dengizga qarab intiladi. Kichik jilg‘alar qo‘shilib, irmoq, irmoqlar qo‘shilib esa katta ariq hosil qiladi.
Irmoq va ariqlar vodiyga tushgach, qo‘shilib, daryo hosil qiladi. Daryo esa dengizga yo‘l izlarak, ayrim joylarni o‘yib chuqurliklar — kan’onlarni paydo qiladi.
Daryo tog‘lardan pastga tomon sekin oqadi. Vodiydagi qiyalik tog‘lardagi singari tik bo‘lmagani uchun, suv oqimi sustlashadi. Shuning uchun ham tekislikdagi daryolar tog‘ daryolariga nisbatan sust oqadi.
Tog‘lardan oqib tushayotgan suv o‘zi bilan toshlarni ham olib ketadi. Bu toshlar bir-biriga va daryo tubiga urilib, ishqalanib, qum va mayda toshlarga aylanadi. Qum va toshlar daryo tubiga cho‘kib qoladi va suv oqimi sur’atini yanada pasaytiradi.
Ba’zan daryoda ko‘plab toshlar to‘planib qoladi va suv yo‘lida to‘siq hosil qiladi. Bunday to‘siqlar bo‘sag‘a deb ataladi.