«Cho‘ntak dinozavrlari» qaerda yashaydi?

«Cho‘ntak dinozavrlari» — deyarli doimo bir xil to‘rtta (ba’zida, kamdan-kam hollarda, uchta yoki ikkita) bola tug‘adigan yagona sut emizuvchidir. Ular bitta urug‘langan tuxumdan paydo bo‘ladi: hammasi bir xil jinsda, hammasida genlar to‘plami bir xil bo‘ladi.

Bronenosetslarning 20 ta turidan biri — G‘arbiy yarim sharda yashaydigan to‘qqiz tasmali deb ataladigani o‘z qalqoni bilan tug‘iladi.

Qalqon jonzotning orqa va yon tomonlarini himoya qiladi. Qalqon 9 (ba’zida 8 yoki 10) harakatchan tasmadan iborat bo‘ladi, ularni yumshoq teri burmalari birlashtirib turadi. Bu tanani egiluvchan qiladi. Bronenosetsning boshi va dumi ham qalqonli, faqat qornining yupqa terisi siyrak dag‘al tuk bilan qoplangan bo‘ladi.

Ko‘rinishidan bronenosetsning qalqoni dushmanlardan ishonchli himoya vositasiga o‘xshaydi. Ammo ma’lum bulishicha, yirik yirtqichlar tishlari uni bemalol teshib o‘tar ekan. Bundan chiqdi, u nimaga kerak?

Odam yoki uning itidan qochib kelayotgan bronenosets o‘zini qalin tikanzorlar ichiga urishini ko‘rganingizda savolning javobi ayon bo‘ladi. Odam to‘xtaydi, itning yugurishi sekinlashadi, bronenosets esa qalqoni tufayli tikanzorlar orasida bemalol yura oladi. Shunday qilib, bu hayvonning qalqonini —jangchining qalqoni emas, balki kavboyning kiyimi deyish mumkin.

O‘xshash maqolalar: