Bo‘ronqush o‘zida nimani ifoda etadi?

Bo‘ronqush xiylagina g‘alati qush. Uning inglizcha nomi («petrel») bo‘lib, suv ichida yura oladigan avliyo Pyotr nomidan olingan, chunki bu qushlar ham suvda yura oladi!

Ularning ham pardali panjasi bor (parda oyoqli eng kichik qush)ligi bizga ma’lum, ularni suv yuzida nima tutib turadi, ular xuddi «yurib» borayotgandek tuyuladi kishiga.

Bo‘ronqush okean qushi bo‘lib, hayotini okeanlar ustida o‘tkazadi, faqatgina tuxum qo‘yish payti qirg‘oqqa keladi. Dengiz sayohatchilari ularning kema atrofida va to‘lqin taroqlari ustida uchib yurishini ko‘rganlar. Po‘rtana payti ular «yura» olmaydi va u tingunga qadar, tunu kun vaqtini havoda o‘tkazadi!

Bo‘ronqushlarning kattaligi qaldirg‘ochday keladi. Qo‘shma Shtatlarning sharqiy va janubiy sohillarida yozda paydo bo‘ladigan bo‘ronqushlarni «Uilson bo‘ronqushlari» deyishadi. Ularning pati qop-qora bo‘lib, dumi atrofida oq xoli bor. Uzunligi 18 santimetr bo‘ladi, tumshug‘i kalta, panjalari yasamadek tuyuladi. Ular sayyohlarni samimiy chir-chir qilib qutlaydi, ammo sayrashni bilmaydi.

Shimoliy Muz okeani va Bering dengizida ham yana bir bo‘ronqushni uchratish mumkin. U «Lich bo‘ronqushi» deb ataladi. Uning rangi pushti-qora bo‘lib, uyasini yer yoriqlarida yoki qoyalar kavagiga qo‘yadi. Juftlashish davrida bu qush hamma narsadan bekinib oladi. Bir joyga yuzlab to‘planishi mumkin, ammo ularni hech kim ko‘rmaydi.

Bo‘ronqushlarning 80 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, ularni barcha okeanlarda, ayniqsa janubiy dengizlarda ko‘rish mumkin. Ularning eng yirigi — bahodir bo‘ronqush bo‘lib, o‘lchami 88 santimetr keladi. Cho‘madigan bo‘ronqushning kattaligi 18—25 santimetr bo‘ladi.

Bo‘ronqushlarning hammasi nayburunlar guruhiga mansubdir, chunki ularning burun kavagi naysimon shaklga ega.