Bargak nima?

Nim yashil tusdagi o‘rmon yong‘og‘i bargagini hamma ko‘rgan bo‘lsa kerak. Ammo bahor kunlarida qarag‘ay, terak va tol kabi daraxtlarda ham bargaklar osilib qoladi.

Odatda, gulning kupayishga xizmat qiladigan otalik va onalik kabi organlari bo‘ladi. Bargakda esa butunlay boshqa manzarani ko‘ramiz. Bir gulda otalik, boshqa gulda esa onalik bo‘ladi. Ikkalasi bitta gulda bo‘lishi mumkin emas. Shamol yoki hasharotlar gulchangni guldan gulga tashiydi. Gulchang to‘kilib bo‘lgach, bargak so‘lib qoladi va yerga tushadi. Bargaklar poyada bir to‘p gul ko‘rinishida bo‘ladi.