Hirqai sharif barakoti, Ansoriy ziyorati, jarchi-do‘mbirachilar. Istanbul “oylar sultoni”ni qanday qarshilaydi?

Ikki qit’ani birlashtirgan Istanbul betakror Ramazon an’analariga ega. Turk madaniyatida “O‘n bir oyning sultoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Ramazon oyi o‘z-o‘zini taftish-nazorat qilish, baham ko‘rish, fidoyilik va ro‘za tutish oyidir. Muqaddas oy, xususan, Istanbulda ham o‘ziga xos tarzda nishonlanadi. Bu davomi…

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani demarkatsiya qilish jarayonini yakunladi

16 mart kuni Qozog‘iston senati “Ikki davlat o‘rtasida Qozog‘iston–O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi. “Davlat chegarasining xalqaro-huquqiy rasmiylashtirilishi Qozog‘iston tashqi siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, bu esa davomi…

Doktor Abdul Razzoq Ahmad: “Globallashuv davrida eng maqbul yo‘l – ilmiy an’analarga tayanish”

Joriy yil 9-10 mart kunlari Malayziya global ta’lim xizmatlari agentligi (EMGS) raisi Abdul Razzoq Ahmad boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib, bir qator muassasalarda uchrashuvlar o‘tkazdi. Malayziya delegatsiyasi O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bilan uchrashdi. Vazirlik davomi…

Sharlotta Adrian: “EI fuqarolik jamiyatiga o‘z vazifasini bajarishida ko‘maklashadi”

10 mart kuni Toshkentda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo an’anaviy fuqarolik jamiyati forumi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokidagi anjumanda YeIning mintaqa bo‘yicha strategiyasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda YeI delegatsiyasi matbuot xizmati davomi…