Toshkentda yapon madaniyatiga bag‘ishlangan navbatdagi ko‘rgazma ochildi

Toshkentdagi Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida yapon madaniyatining o‘ziga xos yo‘nalishiga bag‘ishlangan “Sushini sevaman” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori qatnashdi va Kunchiqar davomi…

Turkiya: dezinformatsiya tabiiy ofat payti insonlar hayotini ikki karra xavfga qo‘ymoqda

Kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun kurashayotgan Turkiya axborot xurujlari, dezinformatsiya xatariga ham duch kelmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti devoni Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Altun bayonotida so‘z boradi. “Biz boshdan kechirgan katta ofatdan so‘ng zilzila qurbonlarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan davomi…

“Malaysia Airlines” Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

“Malaysia Airlines” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur–Toshkent–Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Uzbekistan airports matbuot xizmati xabariga ko‘ra, birinchi charter reys 2023 yil 1 mart kuniga belgilangan. Reyslar har o‘n kunda bir marta Airbus A330 uchog‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Malayziya aviatashuvchisi ilk davomi…

Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidi YeI ko‘magida ta’mirlandi

YuNESKO, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hukumati Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidini ta’mirlash ishlarini yakunladi. Loyiha YeI tomonidan moliyalashtirilgan YuNESKOning “Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari – Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi” tashabbusi doirasida amalga oshirildi. YeIning O‘zbekistondagi davomi…

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

6 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram kechasi ishtirokchilarini O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov qutladi, deb xabar berdi “Dunyo” AA. “Turkmaniston bilan davomi…

Turkiya prezidenti devoni yolg‘on ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Turkiya prezidenti devoni Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi mamlakatda 6 fevral kuni ro‘y bergan kuchli zilzilalar munosabati bilan aholini, shuningdek, milliy va xalqaro jurnalistlarni manipulyatsiya ruhidagi axborotdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Qayd etilishicha, mamlakatni larzaga solgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun vakolatli muassasalar, xususan, davomi…

Qozog‘iston va O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Qozog‘iston va O‘zbekiston bosh vazirlari Alixon Smailov va Abdulla Aripov Almatida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishidan so‘ng hamkorlikning muhim masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda “Kazinform” Qozog‘iston hukumatiga tayanib xabar berdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-tranzit va suv-energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, sanoat davomi…