2020 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, maqolalar, hikoyalar, she’rlar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 6 154 317 tani (www.ziyouz.com — 5 031 909; www.ziyouz.uz — 1 122 408) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 16 861 kishi). Tashrif buyurganlarning 80 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (6%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston davomi…

Shabot Xo‘jayev. Abdulla Qahhorni eslab

1964 yil, iyun. Saratonning issiq kunlaridan biri, men har safargidek ma’ruza zalida malaka oshirishga kelgan shifokorlar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgan edim. Kutilmagan mehmon ma’ruza zali yoniga kelib, kimlardandir: “Shabot Xo‘jayevichni qayerdan topsam bo‘ladi?”, – deb so‘rayotganini eshitdim. Men bu mo‘tabar allomani davomi…

Saydi Umirov. “Boburnoma” — badiiy maqolanavislikning go‘zal namunasi

Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari — “Boburnoma” to‘rt yarim asrdan ortiq jahon uzra mag‘rur kezayotir, muallifi nomini, yurti, eli, millati dovrug‘ini yurtlar, mamlakatlar, iqlimlararo taratib kelayotir. Bu qomusiy asar to‘rt marta forsiyda, to‘rt marta inglizchada, ikki martadan olmon, frantsuz, turk davomi…

Ansoriddin Ibrohimov. Pokistonda Boburshunoslik

Pokistonlik olimlar Temuriylar davri madaniyatiga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Ular nafaqat xalqlarimiz o‘rtasida bo‘lgan madaniy aloqalar tarixi, balki o‘sha davrdagi madaniy hayot, yirik shoirlar, jahon madaniyati sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ijodkorlarning merosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Fikrimizning dalili davomi…

Qamchibek Kenja. Hind sorig‘a (safarnoma)

Qamchibek Kenja. Hind sorig‘a: (Safarnoma): Moziydan lavhalar. Ko‘rgan-kechirilganlar. Hayrat suratlari. She’rlar. O‘ylar… — Toshkent, «Sharq», 2000. Ulug‘ mutafakkir, shoir va sarkarda, murakkab taqdirli, chigal qismatli shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylarning tarixiy, ilmiy merosini, me’morchilik yodgorliklarini chuqur o‘rganish maqsadida Andijonda davomi…