Poliz ekinlari va sabzavot

Xo‘ppa semiz, Bir tuki yo‘q.(Tarvuz) Uzoqdan yaldir-yuldur, Yoniga kelsam qulfi-kalit.(Tarvuz) Ko‘kkina qo‘zim, quvanda turib semiradi.(Tarvuz) Men ajab hayronman bir narsaga, Qoziqda boylovli turibdi-yu, Onasi bolasining qornida.(Tarvuz) Jumboq qo‘ydim, jubin top, Yumaloq biyning otin top. Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top, Tolli biyning davomi…

Ekin va o‘simliklar

Abdal buva ariqdir, Og‘zi, burni murriqdir.(G‘o‘za) Chopsang kular, Chopmasang o‘lar.(Paxta) Og‘zini ochib yerga qaraydi, Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.(Paxta) Qorday oppoq, Yungday yumshoq.(Paxta) Ildizi yerda, Yulduzi ko‘kda.(Paxta) Kichkina xurmacha, Og‘izlari burmacha.(Ko‘sak) Yerdan ko‘karib chiqar, Bag‘ridan oltin oqar.(Paxta) Momiqqina onasi, Yog‘liqqina bolasi.(Paxta, davomi…

O‘simliklar dunyosi

Hasan aka tikka turadi, Bolalari chapak chaladi.(Terak, barglari) Bolalari qarsak chaladi, Onalari o‘yinga tushadi.(Terak, barglari) Yozda ham qishda, Bir xil kiyimda.(Archa) Otasi uyda qolar, Bolasi bozor borar.(Mevali daraxt) Kichkina qozonning oshi totli.(Yong‘oq) Kichkina dekcha, Ichi mazaliqcha.(Yong‘oq) Kichkina qozon, Jingla palov.(Yong‘oq) davomi…

Hasharotlar

Kichkina mitti, Shoxini tirab suv ichdi.(Ari) Zuv-zuv borar, Zuv-zuv kelar. Doston o‘qir, G‘alvir to‘qir.(Ari) Uchib yurgan qarg‘aning Inin buzib bo‘lami?(Ari) Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.(Ipak kurti) Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.(Ipak kurti) Daraxt shoxida sakson tuxum.(Ipak kurti) Bir qushim bor, suyagi yo‘q.(Kapalak) davomi…

Parranda va qushlar

Erta turadi, Jar chaqiradi.(Xo‘roz) Boshi taroq, Dumi o‘roq.(Xo‘roz) Bir qo‘shnim bor avval boshdan, Soqoli uning qizil go‘shdan. Sahar turib shovqin solar, Xabari yo‘q hech bir ishdan.(Xo‘roz) Ovozasi azonda, Mazaligi qozonda.(Xo‘roz) Saharxez so‘fi, Tuynukda bibiotin.(Xo‘roz, tovuq) Jonlidan jonsiz do‘raydi, Jonsizdan jonli davomi…

Hayvonot dunyosi

Shildir-shildir suv kechar, Oyog‘i suvga tegmas.(Tug‘ilmagan qulun) Suvday chopadi, Manzilga yetadi.(Ot) To‘rt oyoqli, Temir tuyoqli.(Ot) To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduz.(Otning taqasi, mixi) Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta.(Otning dumi) Quyon emas, Uzun quloq, Ot emas, To‘rtta tuyoq.(Eshak) Katta takam besoqol.(Eshak) davomi…

Odam va uning a’zolari

Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi, Tushda ikki oyoqlab yuradi, Kechqurun uch oyoqlab yuradi.(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi) To‘rtida tariqday, O‘ttizda ayiqday, To‘qsonida tovuqday.(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi) O‘zi bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyog‘i oltita.(Ot mingan odam) Bir to‘bada yetti davomi…

Tabiat hodisalari

Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.(Osmon) Ko‘k kosani to‘ntardim.(Osmon) Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.(Osmop, yulduzlar) Oppoq sandiq ochildi, Olamga nur sochildi.(Osmon, quyosh) Uzoq tog‘da o‘t yonar.(Quyosh) Suvda yotar — suv ichmas,Yurganini odam bilmas.(Quyosh) Oltin kelganda, kumush ketar, Kumush kelganda, oltin ketar.(Quyosh, Oy) Bir davomi…

Xotinning yomoni er qaritar

Bir bir ekan, bir yo‘q ekan, bir cholning uch o‘g‘libor ekan. Ularning to‘ng‘ichi 750 yoshda, o‘rtanchasi 450 yoshda, kenjasi 250 yoshda ekan.Bir kuni chol o‘z farzandlari bilan to‘yga boribdi. To‘yda izzat-ikrom qilib cholni to‘rga o‘tqazishibdi. Mezbon cholning yoniga o‘g‘illaridan avval davomi…

Xasis boy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir xasis boy o‘tgan ekan. Boyning ot, echki va qo‘ylarining hisob-kitobi yo‘q darajada ko‘p ekan.Kunlardan bir kuni uning uyiga tug‘ishgandan ham yaqin bir do‘sti mehmonga kelibdi.Boy do‘stini yaxshi kutib olibdi-yu, lekin dasturxon davomi…