Ziyoviddin Mansur (1954)

Ziyoviddin Mansurov 1954 yilda Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog‘ida tavvallud topgan. 1975 yilda Namangan Davlat pedagogika instituti(hozirgi NamDU) filologiya fakul’tetini imtiyozli diplom bilan tugallab, dastlab o‘rta maktabda o‘qituvchi, keyinchalik Uychi tumanidagi Mashad qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Beruniy nomli jamoa davomi…

Ismoil To‘xtamishev (1950-2015)

Ismoil To‘xtamishev 1950 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. “Cho‘l boychechagi”, “Onam tilaklari”, “Dunyo ustuni”, “Hayqiriq”, “Ko‘hna Nasaf xayoli”, “Senga intildim”, “Dil sadolari”, “Ot – yigitning yo‘ldoshi”, “Had”, “Bu gulshan sahnida”, “Ko‘ngil bitiklari”, “Erqo‘rg‘on”, “Shonli tayanch”, “Yonib yashash baxti”, davomi…

Abdulla A’zam (1947)

Abdulla A’zam 1947 yil 21 aprelda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi (2017 yildan). NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS Misli xonaqohingizni aylamak ziyoratim — Har kuni devoningizni qo‘lga olmoq odatim. Bu g‘azalni o‘qiganda haddan oshdi hayratim: “Bo‘lmish davomi…

Ismoil Bekjon. Navoiyga yo‘llangan maktub (2007)

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, Xondamirning “Habib us-siyar” va Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarlarida Navoiyga zamondosh mavlono Abdulvose’ munshiy nomi ham tilga olinadi. “Majolis”da mavlono Abdulvose’ning insho fanida mohirligi, soddadil kishiligi uchun esa doimo “hazilkashlar mutoyibasi o‘qiga duchor” bo‘lib yuruvchiligi hamda davomi…

Muhammadali Qo‘shmoqov. “Issig‘dir so‘zing, o‘ylakim, yulduzing!..” (2007)

Toshkentda garchi ko‘btur shoiru she’rxonlar,Onlarni(ng) barchasidan ham nuktadon Xislat. Doim savob ishig‘a urgay o‘zini o‘tdek,Qayda gunoh bo‘lsa, andin nihon Xislat. Mirmuhsin Shermuhamedov (1913 yili yozilgan.) Shunday ijodkorlar bo‘ladiki, ular adabiy-madaniy an’analarni o‘zida mujassam etib, muayyan davr adabiy muhiti ruhini yo‘naltirishga davomi…

Hafiz Abdusamatov. “O‘qishli kitob go‘zallikdir…” (2007)

Mehnat va mahorat uyg‘unligidan yaralgan jozibali asarlari bilan mashhur bo‘lgan atoqli adibimiz Abdulla Qahhor adabiyot nazariyasiga oid qimmatli meros qoldirgan. Madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abdulla Qahhorning merosi jiddiy o‘rganishga loyiqdir.Ma’lumki, adibning ijodiy faoliyati sho‘ro davrida kechdi. Shunday bo‘lishiga qaramay, davomi…