Innokentiy Annenskiy (1855-1909)

Innokentiy Fyodorovich Annenskiy (20 avgust (1 sentyabr) 1855, Omsk, Rossiya — 30 noyabr (13 dekabr) 1909, Sankt-Peterburg, Rossiya) — rus shoiri, dramaturg, tarjimon, munaqqid, til va adabiyot tadqiqotchisi.

OLAMLAR ARO

Sayyoralar uchgan Olamlar aro
Bir yulduzning nomi tilimda takror…
Bo‘lganim uchunmas Unga mubtalo,
Chekkanimdan o‘zga nurlardan ozor.

Elkamdan bossa gar dunyo bilan bahs,
Undan o‘zgasining javobi bekor –
U bilan yoruqqa to‘lganimdanmas…
U bilan yorug‘ ham darkormas, darkor.

Usmon Azim tarjimasi