Gertruda Kolmar (1894-1943)

Gertruda Kolmar (Gertrud Kolmar) – nemis shoirasi.

* * *

Bolalar do‘stlashar har bir yulduz-la,
Yashirib qo‘yishar quyoshni, uzoq
Yog‘ayotgan achchiq yomg‘irdan his-la
O‘tinishar – qo‘yib yubor deb tezroq.

Yulduzlardan turfa-turfa belbog‘lar,
Quyoshdan alvonrang tojni so‘radim.
Beshafqat ishq bilan so‘zlashgan chog‘lar
Yuragim zoriqib, erkni so‘radi.

Yulduzlar marvarid uzatdi ulkan,
Quyosh toj kiydirdi, ko‘ngil to‘lmadi –
Meni eshitmagan muhabbat ekan,
Uni ham yomg‘irday ushlab bo‘lmadi…

Oygul Suyundiqova tarjimasi