Xachatur Abovyan (1809-1848)

Xachatur Avetikovich Abovyan (Խաչատուր Աբովյան; 15 oktyabr 1809, Erivan (Erevan) — 1848 yil 14 aprel bedarak yo‘qolgan) — arman yozuvchisi, yangi arman adabiyoti va tilining asoschisi.

* * *

Qurboningman, ey suyukli yor,
Kerak bo‘lsa ot, bo‘ynimdan os.
Bu dunyoda chekdim ko‘p ozor,
Yomonlardan et meni xalos…

Barglarini shabnam yuvmasa,
Bahorda gul so‘lmasmi nochor?
Salqin yellar esib turmasa,
Bo‘g‘ilmasmi tanho zoru zor?

Kechalari chekkan fig‘onim
Tosh qalbingni eritmas nahot?
Ishq o‘tida yonmoqda jonim,
Sensiz menga nechun bu hayot?

Qo‘rqinch emas menga yer tagi,
Ayriliqdan qo‘rqaman dildor.
Sensan g‘arib ko‘nglim istagi,
Sensiz menga bu keng olam tor.

Istar esang bo‘layin qurbon,
Istar esang, kel, bo‘ynimdan os.
Ishqim haqi, rahm et, ey jonon,
Ta’nalardan et butun xalos…

Mirtemir tarjimaci