Abulqosim ash-Shabbiy (1909-1934)

Abulqosim ash-Shabbiy (أبو القاسم الشابي) – zamonaviy Tunis she’riyati asoschisi. Arab tilida ijod qilgan.

QISMAT ShUDIR — KELMOQ VA KETMOQ…

Qismat shudir — kelmoq va ketmoq,
Turlichadir libosi albat,
Goho qaro, gohi yarqiroq,
Goho isyon, goho sukunat,
Goh qo‘shiqdir, gohida nola,
Goho quvonch, gohida sukun…
Qismat balkim tun ila oshno,
Ammo g‘olib kelar oxir kun.

Karim Bahriyev tarjimasi