Otayor (1947-2004)

Otayor (Naxanov Otayor Ibragimovich) 1947 yil, 19 yanvarda Samarqand viloyatining Narpay tumaniga karashli Qoraxitoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1993). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Birinchi she’riy to‘plami — «Ishqim bayoni» (1975). «Lolarang ertak» (1978), «O‘sha ko‘zlar» (1984), davomi…

Geldi Berdiyev (1942)

Geldi Berdiyev 1942 yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Qarshi Davlat pedagogika institutini tugatib, o‘qituvchilik qildi, Samarqand viloyati radiosida ishladi. «Birinchi qor», “Turnalar” nomli to‘plamlari chop etilgan. TAROZI Uni yaratdilar odamlar o‘zi, O‘zaro nizoga qo‘yamiz deb chek. Buzib ham qo‘ydilar davomi…

Abdulhay Nosirov (1946)

Abdulhay Nosirov 1946 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Respublika radiosining adabiy-dramatik eshittirishlar bosh redaktsiyasida ishlagan. Uning «Ko‘zgu», «Urug‘lar» nomli to‘plamlari bosilib chiqqan. *   *   * Kezmayin ne yurtni — dengiz, bog‘, chaman… Oy o‘tmay o‘rtaydi davomi…

Jo‘ra Alimardon (1942)

Jo‘ra Alimardon 1942 yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugallab, o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Uning «Cho‘l taronasi», «Manzildagi o‘ylar»,  «Zamondosh o‘ylari»  to‘plamlari chop etilgan. ChAMBIL Qaytmoqdaman, qadrdon Chambil, Ey, xayolim ulg‘aygan maskan! Qaytmoqdaman, talpinadi dil, Oshiqadi davomi…

Tursunoy Sodiqova (1944-2017)

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tamomlagan (1961—1966). Uning birinchi she’ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilgan. Hozirgacha beshdan ortiq to‘plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she’riy turkumining tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she’riy guldastasi davomi…

Rauf Parfi (1943-2005)

Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Ijodi 60-yillardan boshlangan. Dastlabki she’rlar to‘plami — «Karvon yo‘li» (1968). «Aks-sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), davomi…

Omon Matjon (1943-2020)

Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). «Karvon ko‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va davomi…