Nabi Jaloliddin (1962)

Nabi Jaloliddin (Jalolov) 1962 yili 2 may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Jonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Afg‘on urushi qatnashchisi (1981-83-yy.). 1993 yili Toshkent davlat universiteti(hozirgi — O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini (sirtqi) bitirgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Nabi Jaloliddinning she’riy — “Hur nido”, davomi…

Amirqul Karim (1960)

Amirqul Karim (Amirqul Karimov) 1960 yil 2 sentyabrda Shahrisabz tumanining Yangi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985 yilda Leningrad Davlat universitetining jurnalistika fakultetini, 1994 yilda Hindiston Javarla’l Neru universitetining Ommaviy axborot vositalari institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini “Turkiston” (avvalgi “Yosh leninchi” gazetasida boshlagan (1985–89), davomi…

Kavsar Turdiyeva (1958)

Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetiga o‘qishga kirgan, so‘ng Sankt-Peterburg davlat universitetini o‘qib tugatgan. Hozir Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida davomi…

Oygul Suyundikova (1957)

Oygul Suyundikova 1957 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. 1985 yilda Moskvadagi Adabiyot institutini tugallagan. «Ufqlar yonganda» (1986), «Umr kuylari» (1986), «E’tiqod» (1990), «Men tug‘ilgan yurt» (2007), «XX asr jahon adabiyoti»( tarjimalar, 2009), «Mullanafas» (tarjimalar, 2010) kitoblari chop davomi…