Najmiddin Kubro (1145-1221)

Mashhur shayx, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro (نجم الدين الكبرى‎) Xiva yaqinidagi hozirgi Sayot qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi — Ahmad ibn Umar Abuljannob Najmiddin al-Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy. «Shayxi valiytarosh» — «Avliyolar yetishtiradigan shayx» nomi davomi…

Salmon Hirotiy (1959-1986)

XX asr Eron she’riyatining yirik vakillaridan biri – Salmon Hirotiyning (سلمان هراتی) she’rlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. Ilk marotaba o‘zbek tilida taqdim etilayotgan ushbu to‘plamdagi she’rlar Eron bolalarining dardli dunyosi, ularning iztirob va quvonchlari haqida hikoya qiladi. BU YuLDUZDAN davomi…

Ubaydiy (1487-1539)

Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar davlatining asoschisi Abulxayrxonning evarasi, Buxoro hokimi Mahmud Sultonning o‘g‘li Abdulg‘ozi Ubaydullo Bahodirxon (عبیدالله خان) XVI asr Movarounnahr adabiy-madaniy hayotida katga o‘rin tutgan mashhur siymolardan biridir. Tarixga, ko‘hna merosga nisbatan hukm surgan biryoklama sinfiy munosabat tufayli uzoq yillar davomi…

Furo‘g‘ Farruxzod (1935-1967)

Furo‘g‘ Farruxzod (فروغ فرخزاد) 1935 yil 5 yanvarda Tehron shahrida dunyoga keldi. Otasining kattagina kutubxonasi borligi sababli Furo‘g‘ kechiklikdanoq kitob bilan tanishdi, kitoblar orasida yashab ulg‘aydi. Furo‘g‘ 13-14 yoshidanoq she’r yoza boshladi. Uning “Asir” nomli birinchi she’riy to‘plami 1952 yilda, davomi…

Arvi Siyg (1938-1999)

Arvi Karlovich Siyg (est. Arvi Siig; 8 noyabr 1938, Tallin – 23 noyabr 1999, Tallin) — eston shoiri, tarjimon, muharrir, publitsist. Estoniyada xizmat ko‘rsatgan yozuvchi (1986). TUNDAGI ChIROQLAR Ajib tuyg‘ularga chulg‘anib teran, Tunlar talpinaman ularga besas. Qalbim yalangoyoq o‘tar qirlardan, davomi…

Kersti Merilaas (1913-1986)

Kersti Merilaas (est. Kersti Merilaas) – eston shoirasi, tarjimon. Asosan she’rlar, bolalar uchun kitoblar va pesalar yozgan. QOYaDAGI QALDIRG‘OCh To‘lqin ketidan To‘lqinlar chopar. To‘lqin ustida Qoyalar yotar. Tunu kun bunda Guvillar shamol. Och bo‘ri yanglig‘ Uvillar shamol. Misli balandda Turgan davomi…

Yuxan Smuul (1922-1972)

Eston adabiyotining yirik vakili Yuxan Smuul (est. Juhan Smuul) 1922 yilning 18 fevralida Muxu orolidagi Koguva qishlog‘ida kambag‘al baliqchi oilasida tug‘ildi. Ota-onasining kambag‘alligi tufayli yoshlik chog‘larida o‘qishni tugatolmay, otasiga yordamchi bo‘lib qoldi. Yu. Smuulning ijodi Ulug‘ Vatan urushi yillarida she’r davomi…

Mustay Karim (1919-2005)

Mustay Karim (taxallusi; asl ism-sharifi Karimov Mustafo Safig) (1919.20.10, Boshqirdiston, Chishmin tumani Klyashevo qishlog‘i – 2005.25.9, Ufa) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963). Boshqirdiston pedagogika institutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. «Bahor sadolari» (1940), «Mening tulporim» (1943), davomi…

Majid G‘afuriy (1880-1934)

Majid G‘ofuriy (taxallusi; asli ismi G‘abdulmajid Nurg‘oniyevich, 1880—1934) — boshqird-tatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902 yildan boshlangan («Eshon muridlariga» she’ri). «Yosh umrim» (1906), «Millat muhabbati» (1907) she’riy to‘plamlarini yozgan. «Faqirlikda kechgan hayot» (hikoya, 1903), «Sibir davomi…