Turkiya tibbiy turizm uchun eng yaxshi yo‘nalishlaridan biri ekani ma’lum qilindi

Sog‘liqni saqlash sohasidagi rivojlanish darajasi tufayli Turkiya kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha eng mashhur o‘nta mamlakat qatoriga kiradi. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vazirligi PR guruhi ma’lum qildi.

“Evropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari Turkiyani o‘zlarining yangi sog‘liqni saqlash hamkori va tibbiy turizm markazi sifatida tan oladilar. Turkiya xorijlik bemorlar uchun sifatli va qimmat bo‘lmagan tibbiy sayohat paketlarini taklif etadi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tibbiy sayohat paketlari davolash va sog‘lomlashtirish, kurort va termal turizm markazlari bilan besh yulduzli mehmonxonalarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda shakllantiriladi. Bu paketlar bemorlarning davolanishi bilan bog‘liq barcha jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Dunyo bo‘ylab bemorlar onkologiya, neyroxirurgiya, yurak-qon tomir jarrohligi, oftalmologiya, neyroxirurgiya, pediatriya va dermatologiya bo‘limlarida tibbiy yordam oladilar. Tadqiqotlarga qaraganda, Turkiya so‘nggi yillarda Hindiston, Tailand va Malayziya kabi dunyoning eng yuqori reytingga ega bo‘lgan mamlakatlari kabi tibbiy yordam ko‘rsatishi isbotlandi.

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyga ko‘ra, pandemiya sharoitiga qaramay, mamlakatga 2021 yilda 29 millliondan ziyod xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Turizm sohasidan olingan daromad 24 milliard dollardan oshdi.