Turkiya Global barqaror turizm kengashi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Turkiya dunyoning yetakchi atrof-muhit va barqarorlik platformasi – Global barqaror turizm kengashi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida Turkiya va Kengash birinchi marta Milliy barqaror turizm dasturini tayyorlaydi. Yangi dastur bilan turk turizm sanoati global barqarorlik amaliyotlarini tezlashtiradi.

Shu tariqa Global barqaror turizm kengashi bilan imzolangan uch yillik protokol qayta tuziladi. Shartnomaning birinchi bosqichida milliy dastur mezonlari aniqlanadi va auditorlik firmalari ta’lim jarayoniga jalb etiladi. Fevral oyining birinchi haftasidan boshlab Turkiya turizm sanoati manfaatdor tomonlari ham jarayonga kiritiladi. 2030 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan dasturning birinchi bosqichi 2023 yilda; ikkinchi bosqich 2025 yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 2030 yilda barcha xalqaro standartlarga javob beriladi.

Turkiyani barqaror turizmda oldinga olib chiqadigan bitim o‘tgan yil oxirida imzolangan Parij kelishuvidan kelib chiqadigan majburiyatlarga ham mos keladi. 2022 yilgacha turizm sohasida barqaror o‘zgarishlarni boshlab, Turkiyani xalqaro maydonda raqobatbardosh qiladigan mazkur  hamkorlik, shuningdek, xalqaro turizm tendentsiyalarini kuzatish imkonini ham beradi.

Global barqaror turizm kengashi barqarorlik standartlari bo‘yicha eng yaxshi akkreditatsiya muassasasi sanaladi.

Turkiya o‘tgan yili pandemiya sharoitlariga qaramay, xavfsiz turizm sertifikati bilan rekord darajadagi tashrif buyuruvchilar soniga erishdi. 2020 yilda dunyoda birinchi marta tatbiq etila boshlagan xavfsiz turizm sertifikati bilan Turkiyada transport, turar joy, muassasa xodimlari va shahar mehmonlarining sog‘liqni saqlash sharoitlari, restoranlar va kongress markazlari kabi bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va bugungi kunga qadar taxminan 12 ming muassasa xavfsiz turizm sertifikatiga ega. Shu nuqtai nazardan turizm sektoriga, ayniqsa, turarjoy binolariga ham xavfsiz, ham barqaror standartlar kiritiladi. Shunday qilib, 2022 yil aprel oyidan boshlab turarjoy binolari barqaror amaliyotga bosqichma-bosqich o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy kuni kecha “A Haber” teledasturi orqali suhbatda 2022 yilda mamlakat turizmdan 35 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganini bildirgan edi.