Agniya Barto (1906-1981)

Ágniya Lvóvna Bartó (4 fevral, 1906, Moskva — 1 aprel, 1981, Moskva) — rus bolalar shoiri, yozuvchi, kinostsenarist, radio boshlovchi. FIL Hamma uyquga yotdi, Buzoq to‘rda dong qotdi. Sichqoncha uyqusirab, Chopdi to‘shakka qarab. Faqat filcha uxlamas, Bosh silkishdan to‘xtamas. Filposhshaga davomi…

Valentin Berestov (1928-1998)

Taniqli rus bolalar shoiri. Kaluga viloyatining Meshovsk shahrida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. 1942 yil, Ikkinchi jahon urushi paytida Berestovlar oilasi Toshkentga evakuatsiya qilinadi. Valentin Toshkentda Anna Axmatova, keyinroq Korney Chukovskiy bilan tanishadi. Ular yosh shoir ijodiga qiziqish va e’tibor bilan qarab, davomi…

Samuil Marshak (1887-1964)

Marshak Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej – 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. Marshakning «Jek qurgan uy», «Bolalar qafasda», «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» she’riy kitoblari 1923 yilda nashr qilingan. Marshak 1933 yilda «Mister Tvister» hajviy pamfletini yaratdi. davomi…

Shel Silverstayn (1930-1999)

Shel Silverstayn (ingl. Sheldon Alan ‘Shel’ Silverstein; 1930 – 1999) – mashhur amerikalik shoir, bastakor, mug‘anniy, xonanda va rassomdir. Bolalarga atab chop etilgan qator kitoblarini o‘zi bezagan. Nozik qochirimlarga boy she’rlar yozgan. She’rlarini ko‘cha tiliga yaqinlashtirgan. Bolalarga atalgan nazmida – davomi…

Yulian Tuvim (1894-1953)

Yulian Tuvim (Julian Tuwim; 13 sentyabr 1894, Lodz, Polsha — 27 dekabrya 1953, Zakopane, Polsha) — mashhur polyak shoiri va yozuvchi. Varshava universitetida huquq va falsafadan saboq olgan. “O‘tinch” nomli dastlabki she’ri 1913 yilda e’lon qilingan. 1915 yildan rus she’riyatidan davomi…