Marina Svetayeva (1892-1941)

Rus she’riyatida betakror ovozga ega bo‘lgan shoira Marina Svetayeva 1892 yili Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi adabiyotshunos olim Ivan Vladimirovich Svetayev Moskva universitetida dars bergan va Pushkin nomidagi San’at muzeyiga asos solgan edi. Onasi iste’dodli musiqachi bo‘lib, Rubinshteyn qo‘lida davomi…

Vladislav Xodasevich (1886-1939)

Bu nom yaqin yillar ichida yana ona diyori Rossiyaga, she’riyat ixlosmandlariga Gumilyov, Zamyatin, Nabokov, Georgiy Ivanovlar qato-rida qaytib keldi. Hassos shoir, mohir tarjimon, nozikta’b munaqqid o‘z ijodini 15 dan ziyod to‘plamlarga joyladi. 1922 yildan boshlab musofirlik qismatini boshidan kechirgan shoirning davomi…

Nikolay Gumilyov (1886-1921)

Gumilyov Nikolay Stepanovich [1886.3(15).4, Kronshtad, – 1921.24.8, Petrograd] — rus shoiri. Anna Axmatovaning umr yo‘ldoshi. 20-asrning 10-yillaridagi akmeizmning (yun. akme so‘zidan — biror narsaning oliy darajasi) yirik vakillaridan. Asosiy asarlari: «Istilochilar yo‘li» (1905), «Romantik gullar» (1908), «Marvarid» (1910), «Begona osmon» davomi…

Anna Axmatova (1889-1966)

Anna Andreevna Axmatova (haqiqiy familiyasi – Gorenko) 1889 yil 11 iyunda Odessada tavallud topdi. U ona tomonidan tatar xoni Axmat xonga borib taqaladi (taxallusi shundan). Otasi – flotda mexanik-muhandis bo‘lib, ba’zan jurnalistika bilan ham shug‘ullanardi. Annani bolalik chog‘idayoq Sarskoye Seloga davomi…

Aleksandr Faynberg (1939-2009)

Aleksandr Faynberg  1939 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Uning   nomi va ijodi o‘zbek kitobxonlari, she’riyat ixlosmandlariga qadrli. O‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari Toshkent, Moskva va Sankt – Peterburgda nashr etilgan. Shoir qalamiga mansub yettita  badiiy filmlar stsenariysi o‘ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib davomi…

Rimma Kazakova (1932-2008)

Taniqli rus shoirasi Rimma Kazakova 1932 yil 27 yanvarda Sevastopolda harbiy oilada tavallud topdi. Uning bolaligi Belorussiyada, o‘quvchilik yillari – Peterburgda o‘tdi. Leningrad Davlat universiteti tarix fakultetini tugalladi. Ko‘p yillar Uzoq Sharq  —  Xabarovskda yashadi, ijod qildi.  O‘tgan asrning 60 davomi…

Xuta Gagua (1935)

1935 yilda tavallud topgan nozikta’b shoirning “Sukunat” (1969), “Lahza” (1977), “Shaffof qanot — lar”(1980), “Yulduzlar uyasi”(1981), “Tashnalik” (1985) kabi kitoblari uni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqdi. Gurjiston o‘z nomi, tarixi, adabiyoti, madaniyati bilan xalqi, tabiatiga monand betakror va qadimiy o‘lka. Xususan, davomi…

Nikolay Rubtsov (1936-1971)

Nikolay Rubtsov 1936 yili Arxangelsk viloyatiga qarashli Yemetsk qishlog‘ida dunyoga keldi. 1940 yili u tug‘ilgan oila Vologdaga ko‘chadi. Urush boshlangan yili otasi frontga jo‘naydi va shu yili janglarda halok bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay onasi hayotdan ko‘z yumadi. Yetim qolgan go‘dak bolalar davomi…