Marhamatli Ayyub va o‘g‘ri

Marhamatli Ayyubning bezori o‘g‘ri egriligini tuzatgani…Bir kecha hurmatli Ayyub Ilohiy sirlar kayfidan mast bo‘lib, toat-ibodat qilib, sham’dek ko‘zidan yoshlar to‘kib o‘ltirar edi. U durdek ko‘z yoshi dengiziga g‘arq bo‘lib, kuyib-yonishda sham’ga qo‘ldosh edi. Xilvatda bir burchakni o‘ziga maskan qilgan, go‘yo davomi…

Iskandarning bo‘sh ketgan qo‘li

Iskandarning yetti iqlim mamlakatlarini o‘z qo‘liga kiritgani va bo‘sh qo‘l bilan bu dunyodan ketish otini ilgari surganiHamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi davomi…

Mayxo‘r Rindning tavbasi

Bani Isroili Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi, qasamning qof toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitganiRindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. davomi…

Abdulloh Muborakning zafari

Abdulloh Muborakning niqob kiyib, jang maydoniga kirib, zafar jamolidan pardani olgani va Hasan Rabe’ ul husnni ko‘rib hayron qolgani Hasan ibni Rabe’ g‘azavot jangidan ushbu ajoyib rivoyatni qilgan:Urush maydonida Katta jang borar ekan, islomiy guruh kofirlar bilan olishayotgan paytda kofirlar davomi…

Pok iymon Zaynul-Obidinning qizi

Pok imon Zaynul-Obidinning kichik qizining ulug‘lariga xos so‘zlari garchi u kichikligi tufayli begunoh edi Osmon-falakka ot surgan ulug‘ zot xonadon ahli anjumanining mash’alasi bo‘lib, u payg‘ambarlik muxrining ko‘zidagi nur – valiylik sham’i Ali binni Husayn edi. Ibodatni ko‘p qilganidan din davomi…

Bahromning ko‘zi ochildi

Bahromning may ta’siridan baxtining ko‘zi uyquga ketib, mamlakatining binosi bu seldan yiqilgani va mazlumlar faryodidan uyg‘onib, buning chorasini ko‘rgani Yazdijird jahon mulkini tark etgach, Bahrom maishatga berilib ketdi. G’aflat bodasi uni mast qilib, mastgina emas, bodaparast qilib qo‘ydi. Shoh mayni davomi…

Xoja Muhammad Porsoning duosi

Xoja Muhammad Porsodan haj ahli duo qilishni so‘ragani va o‘g‘li Xoja Abu Nasr (otasi) Xoja Muhammad Porsoning iltimosi bilan duo qilgani Pok Xoja janoblari Alloh yo‘lida «Qudsiya» va «Fasl ul-xitob» degan asarlarini yozganlar. Osmon monand gumbazda u kishining kavushlarining izlari davomi…

Oliyjanob shoh va qul

Oyog‘i-toyib ketib kosadagi oshni shohning kosadek boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shoh oldida o‘z oshini pishirgan bir qul hikoyasi Saxiy bir podshoh bor edi. Saxiyligidan xalqi uni hurmat qilar edi. Uning bir quli bor edi, xizmat darajasi bakovullik edi.Kunlardan bir davomi…

Bangi qalandar

Karaxtlikdan dong qotgan bir qalandar bo‘lar edi. U ertayu kech bang iste’mol qilardi. Ko‘rinishdan bu olamdan etak silkigan darvishlarga o‘xshar, ammo butun sir-asrori yonidagi bang idishi – jur’adonida yashiringan edi. Bang tortgan damlarida o‘zini qo‘yarga joy topa olmay, har doim davomi…