G‘aybulloh as-Salom. Oltin tuvak kimga kerak? (1990)

Paxta va boshqa ekin maydonlari oqilona va jo‘yali bir tarzda qayta ko‘rib chiqilmasa, paxtaning narx-navosi unga sarflanayotgan mehnat va jahon bozori bilan moslashtirilmasa, qishloq ahlining ahvoli keskin yaxshilanmasa (mening tasavvurimda O‘zbekistonimiz dastavval saxiy, vallomat bobodehkon timsolida gavdalanadi!), daromad buromadni taqozo davomi…

“Inson huquqlari jurnalist nigohida” tanloviga marhamat!

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalistlar o‘rtasida “Inson huquqlari jurnalist nigohida” mavzuidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash davomi…

To‘lqin Tog‘ayev. «Iliktin ixtiyoring bermagil…» (2011)

Buyuk ajdodlarimizning asrlar osha yashab kelayotgan ulkan madaniy merosi, ma’naviy kadriyatlari milliy taraqqiyotimiz rivojiga, istiqlol mafkuramiz kuchayishiga, bugungi avlod ma’naviyatining yuksalishiga bevosita ta’sir etmoqda. Ayniqsa, ma’naviy bahramandlik bobida Navoiy dahosining o‘zbek xalqi oldidagi xizmatlari beqiyoc. Nainki biz, balki boshqa el-ulus davomi…

Ismoil Bekjon. Oshiq Husomiy (2011)

Husomiy Xivaqiy-Qorako‘liy (1442-1505) O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy-madaniy, jumladan, adabiy hayoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan siymolardan. Bu borada shoirga zamondosh va keyingi davr mualliflari maxsus so‘z yuritishgan. Husomiy ijodiga berilgan ta’rifu tavsiflar juda yuksak. Hazrat Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida davomi…

Qozoqboy Yo‘ldosh. Olimning nasri (2011)

Tariximizda o‘tgan allomalarimiz to‘g‘risida hujjatlarga tayanib, ulardan iqtiboslar keltirib asar yaratish tajribasini, adashmasam, akademik Aziz Qayumov domla boshlab berdi. Olimning “Ajoyib kishilar hayotidan” turkumidagi “Abu Rayhon Beruniy” va “Abu Ali ibn Sino” qissalari o‘zbek adabiyotidagi shunday xususiyatga ega ilk asarlar. davomi…