Otauli. Oqbuloq

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida xalq og‘zaki ijodi xazinasiga eng yaqin shoirlar Hamid Olimjon bilan Mirtemir ekanini barcha biladi. Birinchi she’riyatni baayni tog‘ cho‘qqisidan sharillab-sharqirab oqib tushayotgan sharshara desak, ikkinchi she’riyat ona yer bag‘ridan sizib chiqayotgan sokin-sirli buloqqa mengzaydi. Buloq bo‘lganda ham, davomi…

Abdulla Ayizov. Mening muxbir bo‘lganim (hajviya)

Endi yozmayman, ha, yoz-may-man! Ko‘nglimda, bir hafta burun, nogoh quygan jaladay to‘satdan yozuvchi bo‘lish niyati tug‘ilgan edi. Yo, falak, dedim-da yozishga kirishdim. Adabiyotchilar tili bilan aytganda, “ijodimning gullagan pallasi” keldi, shekilli-da. Ha, o‘sha qiltiriq, shamol tursa uchirib yuboradigan, kaltakesak nusxa davomi…

Azizulloh Aral. Afg‘onistonda navoiyshunoslik: tarixiga bir nazar

Afg‘onistonda Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish uzoq tarixga ega emas. Matbuotda ulug‘ shoir ismi ilk bor 1950-yillarda keltirila boshlandi. Unga qadar Navoiy asarlarining eski yozuvdagi nusxalari xonadonlarda va uy maktablaridagina o‘qilgan. Ayrim shoirlar tomonidan Navoiy g‘azallariga yozilgan muxammaslar yoxud boshqa davomi…

O‘g‘uz Atay. Oq paltoli odam (hikoya)

Tarjimondan O‘g‘uz Atay nafaqat turk adabiyotining, balki jahon adabiyotining taniqli yozuvchisidir. O‘zbek kitobxoni uchun Atay hali ochilmagan qo‘riq, yurilmagan so‘qmoq kabidir. Bu esa yangilikka oshufta, kashfiyotlarga tayyor kitobxon uchun ayni muddaodir. O‘g‘uz Atayni ilk marta o‘zbek tilida o‘qiyotgan kitobxon uchun davomi…

Naim Karimov. Abdulla Qodiriy va Maqsud Shayxzoda

Maqsud Shayxzodaning adabiy merosida o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti masalalari va namoyandalariga bag‘ishlangan maqolalar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularda Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan birorta maqolani yoki “O‘tgan kunlar” romani va uning muallifi to‘g‘risida aytilgan ikki og‘iz so‘zni topa olmaysiz. Hatto Abdulla davomi…

Tohir Yo‘ldoshev. Kampir, chol va boshqalar (hikoya)

Kech tushib, kun bo‘yi atrofida o‘ynay-o‘ynay bir-bir uyquga ketgan nabiralarini uy-uyiga olib kirib ketayotgan kelinlari xayrli tun tilab, eshikni yopganlaridan so‘ng Mirsiddiq chol yana yolg‘iz qoldi. Burchakdagi qutidekkina televizorga tikilgancha xayollari chuvalashdi. Bu televizor nima berardi, nuqul sovchilik tashvishlari, mol-dunyo davomi…

Nikolay Ilin. Tugallanmagan sahifa

Yozuvchilar uyushmasi binosining yo‘laklaridagi kundalik salom-aliklar, muloqotlar chog‘ida ba’zan shunday suhbatlar ham bo‘ladiki, ularda kutilmaganda qistirib o‘tilgan iboralar ta’sirida ko‘nglingizda turli mazmunda fikrlar tug‘iladi. O‘zingiz uchun juda muhim, zarur bo‘lgan nimanidir topganday bo‘lasiz. Biroq ichki kechinmalaringiz, his-tuyg‘ularingiz haqida oshkora gapirishga davomi…