Iqbol Mirzo. Ko‘chat (hikoya)
Rahmatjon ko‘cha eshikni yelkasi bilan itargandi, lo‘kidoni yerga tushib, daranglab ketdi. Ichkaridan avval shoshib xotini, keyin olazarak o‘g‘ilchasi chiqdi. – Ha, tinchlikmi? Sulaymon taxtini ko‘tarib keldingizmi, shahdingiz osmon? – dedi xotin peshonasiga tang‘ilgan yashil durrani mahkamroq tortib. So‘ng devorga suyab davomi…